O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nemadaliyev A’zamjon Muxamadaliyevich

Nemadaliyev A’zamjon MuxamadaliyevichDasturiy injiniring bo‘yicha falsafa doktori

    1983 yil 24 dekabrda Rishton tumani To‘da qishlog‘ida tug‘ilgan. 7 - o‘rta maktabning 9 - sinfini namunali tamomlab, 1998 yildan 2001 yilgacha Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2001 yil Toshkent Islom universitetining informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 2005 yil universitetni muvaffaqiyatli bitirib, bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Shu yilning o‘zida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektron tijorat kafedrasi magistraturasiga qabul qilinib, 2017 yil magistrlik darajasiga ega bo‘lgan.
  A.  Nemadaliyev turli tashkilot va muassasalarda, jumladan, “Datasite” MChJ, Koreya elchixonasi va TATU qoshidagi ilmiy izlanish markazida, Respublika Oliy Sudi muassisligidagi gazeta tahririyatida, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 2008 yili Malayziyaning Kuala - Lumpur shahridagi Putra universitetining ilmiy izlanishlar va iqtisodiy, ijtimoiy tahlillar markazi assistenti bo‘lib ish boshlagan. Shu universitetning kompyuter fanlari va informatsion texnologiyalar fakultetining “Dasturiy injiniring” (Software Engineering) kafedrasi aspiranturasida tahsil oldi. 2016 yil avgust oyida dasturiy injiniring sohasi bo‘yicha – “Yopiq inshootlar ichida ob’ektlarning joylashish tizimini samarali ta’minlash uchun Chebmshev veyvletlari asosidagi ehtimolliklar funktsiyalari yordamidaWi - Fi signallari radio xaritasini tiklash uslubi” (Accurate Wi - Fi  Signal  Strength recovery  method using  Chebyshev  Wavelet  based  approximation for  Indoor  Positioning) deb nomlangan tadqiqot mavzusi bo‘yicha doktorlik (Doctor of  Philosophy in Software Engineering) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fan doktori unvoniga sazovor bo‘ldi.
  Bugungi kunda Malayziyaning birinchi raqamli universiteti - Malaya universitetining kompyuter fanlari va informatsion texnologiyalari fakulteti sun’iy intellekt kafedrasiga ilmiy tadqiqotchi sifatida taklif etilgan.
  2010 yildan 2017 yilgacha nazariy va amaliy bilimlarini bir nechta xorij kompaniyalarida ishlab, mustahkamlab bordi. Jumladan,  Kuala - Lumpurdagi Esmology Sdn Bhd krmpaniyasida  ofshor biznesi  mutaxassisi, Unijaya Recources Sdn Bhd kompaniyasida malakali dasturchi va dasturiy ta’minot arxitektori - menejeri vazifalarini bajarib keldi. 2012 - 2015 yillar oralig‘ida mahalliy hamkorlar bilan birga turli dasturiy ta’minotlarni yaratish va tizimli tahlil - konsalting xizmatlarini taklif qiluvchi Creanonavtive Sdn  Bhd va  Creanolab Sdn  Bhd  firmalariga asos soldi. 2015 yildan buyon Ukuya Sdn  Bhd  va Ukuya LTD kompaniyalari tarmog‘ida texnologiyalar bo‘yicha bosh mutaxassis sifatida ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, bu kompaniyaning dasturiy ta’minot tizimlarini ishlab chiqaruvchi ishchi muhandislarining aksariyatini O‘zbekiston ishchi bozoridan topib, Toshkentda shu kompaniyaning filialini tashkil etishga erishdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5