O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nikadambayeva Hilola

Nikadambayeva Hilola     O‘zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetini tugatib, ko‘p yillar shu fakultetning “Tabiiy geografiya va geografiya ta’limi metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan, hozirda ana shu kafedra dotsenti pedagogika fanlari nomzodi, “Xalq ta’limi a’lochisi” Hilola Nikadambaeva 2005 yildan hozirgi kunga qadar O‘zMU qoshidagi “Innovatsion pedagogik texnologiyalar” ilmiy - amaliy markazining jamoatchilik asosida direktori hamdir.
  Nikadambayeva Hilola 30 yilga yaqin ilmiy pedagogik ish tajribasiga ega, xalqaro va respublika mintaqasi miqyosidagi ilmiy - amaliy anjumanlarda faol qatnashib, 100 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Shundan 8 tasi o‘quv - uslubiy qo‘llanma bo‘lsa, 100 tasi sohasiga oid ilmiy maqolalardir. U O‘zbekiston tabiiy geografiyasi fanining elektron o‘quv - uslubiy ta’minoti kompyuter dasturi, “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” fanidan elektron darslik muallifidir.
  2008 yil Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Ilm, texnika va ta’limda hisoblash va informatsion texnologiyalar” xalqaro konferentsiyada eng yaxshi maqola uchun diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, u 2009 yil Qozog‘istonda, 2011 yil Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan kongressda ilmiy maqolalari bilan qatnashgani uchun sertifikatlari mavjud.
  Nikadambayeva Hilola 2005 yildan hozirgi kunga qadar O‘zMU qoshidagi “Innovatsion pedagogik texnologiyalar” ilmiy - amaliy markazining jamoatchilik asosida 300 ga yaqin O‘zMU hamda viloyat OTM professor - o‘qituvchilar uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tajriba oshirish kurslari tashkil qilgan.
  Olima  YuNYeSKO , BMT, YeEK, (Yevropeyskaya Ekonomicheskaya  Komissiya),CAREC (The Regional  Environmental centre  for central  Asia)RESSA (Regionalnыy ekologicheskiy tsentr Sentralnoy Azii), SES (Senior Experten Service) tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazi tomonidan tashkil etilgan, Toshkent shahrida Shvetsiyani Uppsala universiteti tashkil qilgan turli mavzulardagi hamda Nemets Xalq Universitetlari Assotsiatsiyasi (OUU)ning O‘zbekistondagi filiali tashkil qilgan “O‘qitishning interfaol metodlari” kabi mavzulardagi trening - seminar va kurslarda faol ishtirok etgani uchun sertifikatlar bilan taqdirlangan.
  Har bir inson o‘z ota - onasidan faxrlanar ekan, unga havas qiladi, uning yo‘lidan borishga, uning ishini davom ettirishga intiladi. Nikadambayeva Hilola ham balki butun hayotining mazmuniga aylangan geografiya sohasida faoliyat yuritgan otasi - Botir Ashurboyevga, geografiya sohasini, ko‘p yillar maktabda yoshlarga dars berib kelgan onasi, tajribali o‘qituvchi - Halima ayaga havas qilib, pedagoglikni tanlagandir... Nima bo‘lganda ham u ota - ona ishonchini oqladi, ular singari, ular istaganidek ilmga fidoyi, kasbiga sadoqatli, halol va mehnatsevar bo‘lib elga tanildi, hurmat- e’tibor topdi. Hilolaxon oilada sarishta beka, ikki farzandning mehribon onasi, to‘rt nabiraning sevimli buvijonisi. Balki ayolning intilgani, izlagani  Baxti  ham ana shularda jam bo‘lgandir....



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5