O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nishonov Mirkozimjon Fozilovich

Texnika fanlari nomzodi  dotsent

    1954 yil 7 martda Andijon viloyati Izboskan  tumanida  tug‘ilgan. 51- o‘rta maktabni  tamomlagach, Farg‘ona davlat  pedagogika  instituti  tibbiyot - geografiya   fakulteti kimyo - biologiya  mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga  qabul qilindi. 1976  so‘ng  Farg‘ona shahridagi “Plastmassa” ilmiy  tekshirish institutida  kichik ilmiy xodim  lavozimida ishga qoldirildi.
  1977 yil 1 dekabrdan  Farg‘ona  davlat pedagogika   instituti  kimyo kafedrasiga  o‘qituvchi  lavozimiga  ishga taklif qilindi. 1979 yilning  15 noyabridan  1982 yilning  15 noyabriga  qadar Beruniy nomidagi   Toshkent politexnika  instituti  kimyo - texnologiya   fakulteti  anorganik   moddalar  texnologiyasi   kafedrasida  kunduzgi   aspiranturada tahsil oldi, 1983 yilning 24 iyunida “Nitrat kislota ishlab chiqarish chiqindi gazlarini azot oksidlaridan past foizli palladiyli katal izatorlar da katalitik tozalash” mavzuida kimyoviy texnologiya fanidan texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi. 1986 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi, 1988 yildan kimyo kafedrasi dotsenti. Shu kungacha Fartona davlat universiteta umumiy kimyo va kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasida dotsent, kafedra mudiri, tabiiyot markazi direktori o‘rinbosari, tabiiyot - geografiya fakulteta dekani o‘rinbosari, 2005 yildan kimyo kafedrasi mudiri, dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda.
  M. Nishonov respublikamizda amalga oshirilayotgan kimyo ta’limi tizimini isloh qilish ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. U o‘rta maktab kimyo fani davlat standarti, namunaviy dasturi hamda 7, 8, 9 - sinflar kimyo darsliklari va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yaratilgan “Kimyo o‘qitish metodikasi”, “Anorganik kimyo” o‘quv qo‘llanmalari mualliflaridan biridir. Uning ishtirokida 70 dan ortiq ilmiy, ilmiy - metodik maqolalar, 10 dan ortiq darslik va qo‘llanmalar chop etilgan bo‘lib, ularning aksari o‘rta va oliy maktabda kimyo fanini o‘qitishga bag‘ishlangan. U respublikamizda birinchi bo‘lib kimyodan test topshiriqlari yaratib, kirish imtihonlari sinovita tatbiq etgan olimdir. M. Nishonov Uzbekistan Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan Britaniya kengashi o‘rtasidagi “Umumta’lim maktablari uchun darslik va o‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etib, 2000 yilning 18 noyabridan 9 dekabriga qadar Buyuk Britaniyadagi London universiteta (Qirol kolleji)da malakasini oshirib keldi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5