Milliy universitetining Jurnalistika fakulteti "Ommaviy aloqalar va reklama" kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nishonova Gulnora Usmanovnani pedagogik faoliyatini Universitetning mazkur kafedrasida boshladi. Shu yillar davomida u mohir pedagog, yaxshi mutaxassis sifatida shakllanib, jamoada hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ldi. 2010 yildan e’tiboran, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Iste’dod" jamg‘armasida "Milliy tarbiya texnologiyalari", "Ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar" kurslari bo‘yicha murabbiylik faoliyatini boshladi, bu esa uning ta’lim texnologiyalari va interfaol usullarni dars jarayonida qo‘llash tajribasiga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Fakultetdagi barcha darslarida mazkur uslublardan samarali foydalanib, mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Shy davrga qadar uning 40 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etildi. Gulnora Nishonovaning qiziqishlari serqirra: jadid matbuoti, jurnalistika tarixi, nazariyasi va amaliyoti, Public relations (jamoatchilik bilan aloqalar) va reklama, imijelogiya, televidenie va kinoshunoslik, milliy tarbiya va ilg‘or ta’lim texnologiyalari.
2011—2012 yillar davomida Fuqarolik jamiyatini shakllantirishni monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan Oliy Majlis Qonunchiligi palatasi hamda siyosiy partiyalar axborot xizmatlari xodimlari uchun tashkil qilingan seminar-treninglarda "Siyosiy texnologiyalar ijtimoiy ongga ta’sir etish va optimal imijni shakllangirish vositalari sifatida", "PR kampaniyalari va ularning tarkibiy qismlari: siyosiy reklamalar, siyo- siy graffiti, debatlar, elektorat bilan uchrashuvlar" mavzularida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi bosh ilmiy-uslubiy markaz tomonidan tashkil etilgan Respublika Vazirliklari va tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining tajribasini oshirish oylik kurslarida ham murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. Shuningdek, olima "O‘zbekisgon Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini ko‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi" tomonidan tashkil etilayotgan tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari xodimlari tajribasini oshirish kurslarida trener sifatida faoliyat olib bormoqda.
Dotsent Gulnora O‘smonovna 2011-2013 yillar davomida "Audiovizual san’atlar barhayot meros va XX-XXI asrlar o‘zbek madaniyati tarkibida: estetik mustaqillikka erishish, milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda glyukalizatsiya ta’siriga qarshi madaniy immunitetni kuchaytirish jarayoni" mavzusidagi ilmiy byudjet a’zosi sifatida tadqiqot ishlari olib bordi. Shu yillar davomida uning "Televidenie suggestiv ta’sir maydo- ni", " Televidenie ixtirosi: zavqli damlar" (Arxiv materiallari tilga kirganda), "Sinematograf Lev Tolstoy va Mahmudxo‘ja Behbudiy nigohida", "Aydiovizual ommaviy axborot vositalarining yoshlar ma’naviyati va dunyoqarashiga ta’siri", "Kino va televidenie: kommunikativ faoliyat qirralari", "Xalq qo‘zg‘oloni ikki film talqinida" sarlavhasi ostidagi maqolalari byudjet asosida chop etilgan ilmiy to‘plamlarda nashr etildi.
2013 yildan buyon olima O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi pedagog kadrlarni tayyorlash va qaysh tayyorlash mintaqaviy markazida "Pedagogning innovatsion faoliyati", "Ta’lim texnologiyasi va pedagogik mahorat", "Jurnalistika fanlarini o‘qitishda innovatsiyalar", "Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari" kurslari bo‘yicha trener- fasilitator sifatida faoliyat olib bormoqda.
Gulnora Nishonova jurnalistika fakulteti jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi. Bir necha yillar davomida ilmiy ishlar va magistratura bo‘yicha dekan muovini vazifasida ishladi, fakultetda iqtidorli talabalari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul bo‘ldi. Fakultet talabalari orasida ham alohida hurmatga sazovor. U 2015 yilda «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovining Respublika bosqichida "Jurnalistika va axborot" yo‘nalishi bo‘yicha «Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Gulnoraxon oilali, xonadonining erka va sarishta bekasi, ikki farzandning mehribon onasi.