O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” kafedrasi mudiri Nishonova Ozoda Jaloliddinovna 1991 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutini tamomlagan, ixtisosligi bo‘yicha madaniy - marifiy ishlar xodimi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Ozoda Nishonova 80 dan ortik ilmiy - uslubiy ishlar muallifi. Shu jumladan, uning 1 ta monografiyasi, 1 ta o‘quv qo‘llanmasi, 2 ta o‘quv - uslubiy ko‘llanmasi nashr etilgan. Xorijiy va respublika jurnallarida 26 ta, ilmiy to‘plamlarda 5 ta, xalqaro va respublika miqyosidagi konferentsiya to‘plamlarida 40 dan ortiq maqolalari chop etilgan.
“O‘zbek ayollarining etnik madaniyati va odatlari”, “Etnik madaniyat va o‘zbek ayollarining ma’naviyati” nomli o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar, “Etnik madaniyat va marosimlar” nomli o‘quv qo‘llanma hamda “O‘zbek etnomadaniyatining estetik moxiyati” nomli monografiyasi nashr etilgan.
2005 yilda madaniyat nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek ayollari etnomadaniyati: genezisi, xususiyatlari, muammolari” (falsafiy - madaniy yondashuv) mavzusidagi falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini himoya qilgan.
O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakultetida katta ilmiy xodim izlanuvchilik faoliyatini olib borgan.
Hozirda “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” kafedrasi mudiri. Kafedraning o‘quv, o‘quv - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, ma’naviy - ma’rifiy ishlari rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Dotsent Ozoda Jaloliddinovna tomonidan yaratilgan o‘quv dasturlar, elektron darsliklar, o‘quv - uslubiy majmualar talabalar foydalanishi uchun universitet portalida joylashtirilgan.
Unda tashkilotchilik qobiliyati yuqori. Universitet binosi va talabalar turar joyida o‘tkazilgan ko‘plab madaniy - ma’rifiy tadbirlar tashkilotchisi.
Ozoda Nishonova kafedra professor - o‘qtuvchilarining tajriba oshirishiga, chet tillarni va axborot - kommunikatsion texnologiyalarni o‘rganishiga katta e’tibor qaratib kelmokda. Jumladan, 2014 - 2015 o‘quv yilida kafedraning 5 nafar professor - o‘qituvchisi chet tili va axborot - kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishdi. 2015-2016 o‘quv yilining oktyabr-noyabr oylarida Ozoda Nishonova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning tajribasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy - uslubiy markazida tajriba oshirib qaytdi.
Kafedrada 10 dan ortiq ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Shuningdek, xorijiy ta’lim muassasasi va ilmiy markazlar bilan ham hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Dotsent Ozoda Nishonova o‘zbek etnomadaniyati, etnomadaniyat estetikasi ustida tadqiqot olib boradi. Tadqiqot natijalari 40 dan ortiq ilmiy - amaliy anjumanlarda sinovdan o‘tgan. Jumladan, “Etnomadaniyat rivojida estetik qadriyatlarning o‘rni” (Toshkent, 2012), “Globallashuvning milliy madaniyatlarga ta’siri” (Toshkent, 2012), “Gedonisticheskie funktsii narodniyx prazdnikov i predstavleniy” (Moskva, 2013), “Etnomadaniyat, diniy e’tiqodlar va tolerantlik” (Toshkent, 2015) mavzusidagi maqolalari xalqaro miqyosdagi ilmiy - amaliy konferentsiyalar to‘plamlarida chop etilgan.
“Golobalization and ethnocultural pluralism: national and cultural models of development” (Avisenna), “Etnokultura kak xudojestvenno - esteticheskaya realnost” (Boprosы gumanitarnыx nauk), “Ethnoesthetic perception and its influence on national culture” (The advanced science open access joumal. Going green), “Ponyatie i sub’ekt etnokulturiy” (Credo-new), “Human origins and national features of the uzbek ethnic culture” (Theoretical & Applied Science) mavzusidagi maqolalari xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Olimaning - ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika) ixtisosligi, “O‘zbek etnomadaniyatining estetik mohiyati va funktsiyalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti xuzuridagi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan.
Ozoda Nishonova qat’iyatli, irodali, ko‘zlagan maqsadi sari dadil odimlaydigan, ilmiy salohiyati yuqori olima. U ilmi, pedagogik mahoratidan tashqari o‘zining olijanob, samimiy fazilatlari ortidan hurmat - e’zozga sazovordir.
Ozodaxon oilali, uch farzandning onasi.