O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Norqulova Karima To‘xtaboyevna

     Karima To‘xtaboevna Norqulova 1963 yilda tug‘ilgan. Maktabning oldi o‘quvchilaridan bo‘lgan. 1980 yilda uni tugatgach, Toshkent Politexnika institutiga kimyo sanoati mashinalari va qurilmalari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirdi. 1985 yilda unga o‘z ixtisosligi bo‘yicha mexanika   muxandisi kvalifikatsiyasi berildi. Karimaxom yosh mutaxassis sifatida Paxta tsellyulozasi kimyo va texnologiyasi  ilmiy tekshirish instituti (NIIXTS)ga ishga yuborildi. Yosh mutaxassis bu yerda berilib ishladi. Kasbining pastu balandini yanada chuqurroq angladi. Yangilik sari tinmay intildi. U ilmiy ish bilan mashg‘ul bo‘ldi. 1990 yilda “Tarkibida tsellyuloza bo‘lgan materiallarni gidroliz qilish texnologiyasini takomillashtirish va peptozli gidrolizlarni tozalashdan chiqqan chiqindilarni utilizatsiya qilish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
    Karima To‘xtaboyevna 1990—1999 yillarda Toshkent Davlat Texnika universitetining doktorantura, aspirantura va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishladi. U universitetda ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonida olib boriladigan ishlarga ijod qildi. Uning tashabbusi bilan yosh olimlarning ilmiy maqolalar to‘plami chop etilib, uning doimiy nashr qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
    K.T.Norqulovannng yoshlarni xar tomonlama ma’naviy barkamol, jaxon talabiga javob beradigan yetuk raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari e’tiborga loyiqdir. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni talabalik davridan boshlaboq ilm bilan shug‘ullanishga jalb qilish xam kun tartibidagi muxim masaladir. K.T.Norqulova universitet ilmiy kengashining a’zosidir.
    Bunday tashkiliy ishlar olima - pedagogning ilmiy ishini davom ettirishiga sira to‘sqinlik qilmadi. Aksincha rag‘batlantirdi. U 1998 yilda “O‘simlik xomashyosi chiqindilaridan polisaxaridlarni gidroliz qilish jarayonlarining texnologiyasi, ularni modellashtirish va optimallashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olishga muyassar bo‘ldi. Karima To‘xtaboyevna 1999 — 2002 yillarda Dexqonchilik va qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlashni mexanizatsiyalash kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.
    Karima Norqulova “Oliy ta’lim a’lochisi”dir. 2001 yilda ToshDTU yoshlarining Beruniy Akademiyasi tashkil qilindi. Bakalavr va magistrlarning “Texnika yulduzlari” jurnali chop etildi. Bunda uning xizmatlari kattadir. Hozirgi kunda u shu Akademiyaning raxbari va “Texnika yulduzlari” jurnalining bosh muharriri K.T.Norqulova xalqaro miqyosdagi anjumanlarda o‘zining ilmiy maqolalari va ma’ruzalari bilan faol  qatnashgan. Uning bir qator ilmiy ishlari amaliyotga tadbiq etilgan. Jumladan, 2003 yilda ixtiro qilingan uslub asosida yodli fraktsiyalarni ajratib olish va undan foydalanish amalga oshirildi. Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoshidagi Reabilitatsiya ilmiy - tekshirish institutining tavsiyasiga asosan yo‘lga qo‘yildi.
    K.T.Norqulova 2002 yil sentyabr oyidan ToshDTUning ilmiy ishlar va informatsion texnologiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. U davlat byudjeti tomonidan va xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan loyihalar sonini va mablag‘ bilan ta’minlanishi xajmini oshirish bo‘yicha e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdi.
    Karima To‘xtaboyevna xalol, kamtar, o‘ziga va atrofidagilarga talabchan, ishbilarmon insondir. U totuv oila bekasi, farzandlarini vatanga mehr ruhida tarbiyalayotgan ajoyib xotin - qizlarimizdan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5