O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nuriddinova Mashhura

    Bilimga chanqoqlik – Mashhuraga  yoshlikdan meros. U Uychi  tumanidagi 2 - o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlaridayok a’lo o‘qishi, namunali xulqi bilan tilga tushgandi. Fan olimpiadalari, ko‘rik - tanlovlarda faol qatnashdi, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
    Mashhura Nuriddinova 1973 yil 8 oktyabrda Uychi tumanida, ziyoli oilada tavallud topdi. 1990 yilda o‘rta maktabni imtiyozli tamomlab, Toshkent davlat universitetining fizika fakulteti talabasi bo‘ldi. Oradan besh yil o‘tib, qo‘lda diplom bilan qaytgach, uni Namangan davlat universitetiga ishga taklif etishdi. Bu yerda u 2000 yilga qadar katta laborant va o‘qituvchi bo‘lib ishladi. So‘ng universitetning ilmiy izlanuvchisi sifatida 2001 - 2004 yillarda “Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada o‘qidi, fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
    - Bilasizmi, - deydi Mashhura, - Toshkentdagi o‘qish davrimda ustozlarim meni shu fanga yanada ko‘proq qiziqtirib qo‘yishdi. Darsdan so‘ng laboratoriyalarda tajribalar o‘tkazishga kirishdim. Bir gal professor o‘qituvchilardan biri kuzatib turgan ekanmi, yonimga kelib, “Sen qizda qiziqish katta, tahsilni albatta, davom ettirishing kerak. Faqat astoydil bo‘lgin”, - dedi. Professorning bu gapi meni yanada ruhlantirdi.
    O‘zining qalbida ham fanga bo‘lgan kuchli ishtiyoq, izlanishga iqtidor borligi bois u ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ayni paytda Namangan tibbiyot kollejida fizika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlamoqda. Kollejda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarning faol ishtirokchisi.
    - Oilamiz bilan faxrlanaman, - deydi u, - dadam Anvarbek aka va onam Dilbarxon ayalardan (oxiratlari obod bo‘lsin) juda minnatdorman. Ular biz farzandlarni munosib voyaga yetkazishdi. Aka - opalarim, singilu ukalarim yurtga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishdi.
    Hozirda Namangan muxandislik texnologiya instituti fizika kafedrasi dotsenti Mashhura Nuriddinovani hamma hurmat qiladi.
    Darvoqe, inson kamolotida u voyaga yetgan oilaning o‘rni beqiyos. Mashhura ham tarbiyada qattiqqo‘l, biroq mehribon, bilimli ota - ona bosh bo‘lgan xonadonda ulg‘aydi. Uning opasi Iqbolxon Shermatova Uychi tumani Yorqo‘rg‘on QVP mudiri, shifokor - terapevt. Akasi Ibrohimjon temir - beton zavodi ishchisi, yana ikki opalari Muhayyoxon Naman¬gan shahridagi 1 - sonli tuguruqxona hamshirasi bo‘lsa, Nigoraxon Namangan viloyat nasos elektr stantsiyasi operatori. Ukasi Akramjon viloyat IIB bosh hisobchisi.
    Mashhuraxon faqat ilmiy izlanishlar, pedagogik faoliyat bilangina cheklanib qolmagan. U bo‘sh vaqtlarida badiiy adabiyotlar mutolaa qilishni yoqtiradi. Sport bilan ham shug‘ullanadi. Gullar uning jonu dili. Mo‘‘jizadek latofat kasb etib ochilgan gullar suratida Mashhuraxonning beg‘ubor qalbi, samimiy nigohini ko‘rganday bo‘lasiz go‘yo. Chunki ilmni va ziyoni, ijodni sevgan insonning qalbi ham, surati ham go‘zal bo‘lgusidir!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5