O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nurkeldiyeva Dilbar Ahmadovna

Nurkeldieva Dilbar        Yetuk  mutaxassis sifatida yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ilm - fan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib, jamiyatda o‘z o‘rnini topish bilan birga, oilada sarishta bekalikni uddalab, komil farzandlar tarbiyalayotgan muhtarama, olima ayollardan yana biri Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurkeldieva Dilbar Ahmadovnadir.
    1985 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh mutaxassis shu yildan o‘z faoliyatini mazkur o‘quv dargohining oligofrenopedagogika va logopediya kafedrasida assistent-o‘qituvchi sifatida boshlagan. Institutning aspiranturasida kunduzgi bo‘limda "maxsus pedagogika" mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
    1998 yili aspiranturani tamomlab, Nizomiy nomli TDPUning defektologiya kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga qabul qlingan.
    2001 yili "Aqli zaif bolalarning maktab ta’limiga nutqiy jihatdan tayyorligini aniqlash metodlari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.
    Dilbar Nurkeldieva 2005 yildan e’tiboran hozirgi kunga qadar Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuvi Markazida o‘rindosh sifatida "Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini o‘rganish" bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida ishlamoqda. Bir qator innovatsion va amaliy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
    Dotsent Dilbar Ahmadovna 2007 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti "Maxsus ta’lim metodikalari" kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
    Tajribali pedagog, olima bakalavriat va magistraturada bir qator mutaxassislik fanlaridan, jumladan "Ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi", "og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o‘qitish", "Erta tashxis qilish va abilitatsiya" kurslari bo‘yicha ma’ruza, laborator va amaliy mashg‘ulotlarni o‘zbek va rus tilida talab darajasida olib boradi.
    Nurkeldieva Dilbar Ahmadovna tomonidan bir qator ilmiy maqolalar, ilmiy- uslubiy ishlar, qo‘llanmalar, darsliklar chop etilgan.
    Olima o‘z faoliyati davomida tirishqoqligi, bilimga va yangiliklarga intiluvchanligi bilan kafedra a’zolari, defektologiya fakulteti xodimlari o‘rtasida hurmatga sazovor. U o‘z tajribasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy darajasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. Aql-zakovat, bilimdonlik talab etiladigan har qanday ishda o‘zini ko‘rsata oladi va dadillik bilan harakat qiladi. O‘ziga berilgan barcha topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondoshadi va o‘z vaqtida bajaradi.
    Dilbarxon oilali, ikkita farzandi bor.
    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar60



Tabiiy fanlar10



Filologiya20