O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Obidov Usmonjon Obidovich

Obidov UsmonjonGeografiya fanlari nomzodi, dotsent

    1941 yil 3 martda Farg‘ona  viloyati  Dang‘ara  tumani Torg‘ovo  qishlog‘ida tug‘ilgan. Geografiya – tarixchi, o‘qituvchi - pedagog . 1957 yilda    15 o‘rta  maktabni bitirgan. U Obidov  1959 yili  Farg‘ona  shahridagi  24 – kasb - hunar  bilim yurtiga  o‘qishga  kirib, ayni vaqtda   1 - maktab qoshidagi  ishchi - yoshlar  kechki  maktabida  ham o‘qiy  boshlagan. 1961 yili  bilim yurtini  va kechki  maktabni  tamomlagandan so‘ng, 1962 yili harbiy  xizmatga  chaqirildi. 1965 yili  harbiy  xizmatni  tugatib, Farg‘ona  davlat pedagogika  institutining  geografiya  fakultetiga  o‘qishga kirgan. 1970 yilda Farg‘ona  davlat  pedagogika instituti  biologiya - geografiya fakultetini tugatdi.
    U. Obidov instiutni  muvaffaqiyatli  tamomlagach, 24 – kasb - hunar bilim  yurtida  3 yil  tarbiyachi va  o‘qituvchi  bo‘lib ishladi. Ustozi   Rahimjon  Usmonovning   maslahati  bilan Farg‘ona  davlat pedagogika  institutining  geografiya  kafedrasiga  ishga  keldi, ilmiy - tadqiqot  ishlari  bilan jiddiy  va faol  shug‘allana boshladi. 1989  yilda “Farg‘ona  vodiysi  tabiatini  geografik  o‘rganish   tarixi” mavzusidagi  nomzodlik  dissertatsiyasini  professorlar   V.A. Yesakov  va R. U. Rahimbekovlar   rahbarligida  himoya qildi. 
    Hozirda “Geografik  o‘lkashunoslik “, “Topografiya  asoslari  va kartografiya”, ”Shaharlar geografiyasi” kabi fanlardan  dars berib kelmoqda.” Geografiya  darslarida  allomalar  merosini  o‘rganish “ (2007), “Geografik bilimlarning rivojlanishi” (2011), “Farg‘ona  vodiysi tabiatini  geografik  o‘rganish”(2012) nomli o‘quv  qo‘llanmalari  muallifi. Shuningdek, “Farg‘ona vodiysi tabiatini  geografik  o‘rganish” (2014) nomli monografiyasi  chop  etilgan. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5