O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Obidova Dalores Obidovna

    Obidova Dalores Obidovna 1939 yilning 7 mayida Toshkent shahrida tug‘ildi. 1956 yilda Toshkent shaxridagi 44 - o‘rta maktabni tugatdi va shu yili Toshkent Davlat Chet tillar institutining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirdi. Institutni esa 1961 yilda tamomladi. 1963 yil 1 sentyabrda Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining chet tillar kafedrasiga ingliz tili o‘qituvchisi lavozimiga qabul qilindi. 1969 yili aspiranturaning kunduzgi bo‘limiga qabul qilindi. O‘qishni tugatdiyu yana sevimli ishiga qaytdi, ya’ni 1972 yili yana Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi bo‘ldi. 1976 yili oxirlarida katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlov e’loi qilindi. Dalores Obidovna bu tanlovda g‘olib chiqdi va katta o‘qituvchi mavqeiga ega bo‘ldi.
    1982 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. 1990 yil 1- fevralda chet tillar kafedrasi dotsenti unvoniga sazovor bo‘ldi.
    1993 yil uning uchun yanada baxtli, yanada mas’uliyatli keldi. Dalores Obidovna institut gumanitar fakulteti chet tillar kafedrasining mudiri bo‘lib ishlay boshladi. Dilores Obidovnaning ishdagi tajribasi va fidoyiligini bilgan Toshkent Moliya instituti rahbariyati o‘zlariga taklif etdilar. Talabalar bilan ishlashni jon - dilidan yaxshi ko‘rgan ustoz bu taklifni qabul qildi. O‘zi uchun yangi dargox xisoblangan Moliya institutida ham Chet tillar kafedrasi mudiri sifatida ishlay boshladi (1996). Moliyaviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun chet tillarni bilish naqadar zarurligini u yaxshi tushunardi. Hozirgi kunda olima - pedagog institutning faxriy professorlaridan.
    Dalores Obidovna ingliz tilidan bir necha darsliklar, 25 ta o‘kuv - uslubiy ishlanma va o‘quv qo‘llanmalari, 30 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislar chop ettirdi. Bu uning so‘nmas izlanishlari va o‘z kasbiga sadoqatidan nishonadir.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5