Gulchehra ismlilar hayotda baxtli bo‘ladilar, desalar, ishonavering. Chunki ular ulg‘aya boshlagach, o‘z ismlariga mos chehra bilan atrofdagilarga boqadilar. O‘z mehrlari bilan go‘yo guldastalar uzatadilar. Guldastalar esa faqat yahshilik va yana yaxshilikdan hikoya qiladi. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Gulchehraxonim Oxunova ana shunday ochiq yuzli va ochiq mehrli, fikrlari o‘tkir ustozlardan biridir.
1941 yil 24 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Universitetning aspiranturasini tugatgach, 1974 yilda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. 1992 — 1993 yillarda Tadbirkorlik va ishbilarmonlik aktsiyadorlik jamiyatida ishlagan. 1993 yildan Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshidagi Iqtisodiyot, biznes mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori muovini va 1996 yildan esa direktor lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat shuhrati” ordeni sovrindori Gulchehra Nazarovna boy hayotiy tajribaga egadir. U yoshlarning sevimli ustozi sifatida ularga yordam bermoqda. Universitet rahbariyati, jamoat tashkilotlariga o‘quv tarbiya jarayoni, ilmiy ishlanishlarni takomillashtirish, ko‘plab tashkiliy vazifalarni hal etishda ko‘maklashmoqda. Ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga oid mavzularda qiziqarli va dolzarb ma’ruzalar, suhbatlar o‘tkazayotir. Gulchehra Nazarovna 5 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi televideniesida “Ayol, ona va murabbiy” ko‘rsatuvini olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar uning 70 dan ortiq maqolalari, 2 ta monografiya, 3 ta o‘kuv - uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan. Olima iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini himoya qilish arafasida.
Gulchexra Nazarovna Oxunova TDIU Xotin - qizlar kengashi raisi, “O‘zbekiston – Amerika” Do‘stlik jamiyati vitseprezidenti, Mintaqaviy Bandlik Akademiyasining akademigidir. U o‘z mexnat jabxalarida xalqimizga, Vatanimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda.