O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Olga Kobzyeva Petrovna

    Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq qilishda tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universitetining Tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professori Kobzyeva Olga Petrovna tomonidan O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan hamda Vatanimizning boy tarixiy merosi va ma’naviy qadriyatlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan 6 ta yangi fan o‘quv jarayoniga kiritildi.
    O‘zbekiston tarixining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 120 dan ortiq ilmiy maqolalar shu bilan birga 10 ta o‘quv, 6 ta o‘quv - uslubiy hamda “Velikiy Shelkoviy  put: istoriya i sovremennost”, “Istoriya izucheniya Velikogo Shelkovogo puti vo vtoroy polovine XIX - nachale XX vv.”, “Modernizatsiya sistemiy viysshego obrazovaniya Respubliki Uzbekistan v usloviyax globalizatsii” (2012 g.), “Stranitsы istorii VShP: shelk, spetsii i chay” (2013 g.), “Uzbekistan i Kitay na vozrojdaemom Shelkovom puti” (2015 g.) nomli monografiyalar muallifi.
    Olga Petrovna Frantsiyaning Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti (IFEAS) hamda Hindiston hukumatining (ITYeS) byudjetlari sohibi bo‘lgan. Ilmiy rahbari akademik E.V.Rtveladze ilmiy maktabi an’analarini davom ettirib, Kobzyeva Olga Petrovna chet ellarda, xususan, M.V.Lomonosov nomidagi MDU qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida, Shanxay Davlat universitetida, Hindiston Inson resurslari institutida Buyuk Ipak yo‘li va O‘zbekiston Respublikasi tarixiy - madaniy merosini ommalashtirishda o‘z ma’ruzalari bilan kongresslarda faol ishtirok etib kelmoqda.
    “Yedinstvo natsiy” (Moskva, Rossiya Federatsiyasi) va “O‘zMU xabarlari” (Toshkent, O‘zbekiston) jurnallarining tahrir hay’ati a’zosi.
    Professor Olga Kobzyeva rahbarligida bir nechta talabalar tarixga bag‘ishlangan xalqaro tanlovlar g‘oliblari bo‘ldilar. Xususan, talaba V.Kim O‘zbekistondagi Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi. Talaba Z.O‘sarova M.V.Lomonosov nomidagi MDU tomonidan har yili o‘tkaziladigan tanlov sovrindori bo‘ldi.
    Olima tomonidan ishlab chiqilgan “Islom madaniyati tarixi”, “O‘rta Osiyoda tasavvuf tariqatlari tarixi” kurslari o‘zida islom madaniyatining noyob sifatlarini aks ettirgan bo‘lib, aniq misollarda islom dinidagi bag‘rikenglik, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini talabalarda shakllantirishda, diniy ekstremizm va aqidaparastlik xavfiga qarshi turishda katta ahamiyatga ega.
    Kobzyeva Olga Petrovna “Jahon tarixi” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon komissiyasi shuningdek, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga ixtisoslashgan Kengash a’zosi sanaladi.
    Mehnat faoliyati davrida bir nechta fan nomzodlari tayyorlagan.
    Ijtimoiy ishlarda faol qatnashadi, xususan, ekologiya sohasida O‘zbekiston “Ekoforum” nodavlat notijorat jamoat tashkiloti tomonidan tashkil qilingan ekojurnalistika tanlovini o‘tkazishda yordam ko‘rsatdi.
    Nashriyotda uning she’riy to‘plami chiqmoqda. Milliy o‘zbek raqslari tanlovi sovrindori.
    2014 yilda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti professorlari bilan birgalikda professor Kobzyeva Olga Petrovna “Yevraziystvo: istoki, kontseptsiya, realnost” nomli muhim monografiyani chop ettirgan. Shuningdek, mualliflar bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv - uslubiy qo‘llanmasini oliy texnik o‘quv yurtlari uchun tayyorlab, nashr ettirgan. Qo‘llanma O‘zbekiston Prezidentining vatan tarixining eng yangi davrini yaratish bo‘yicha qo‘ygan vazifalari va milliy mustaqillik g‘oyalari ruhida yozilgan.
    Ilmiy yutuqlari uchun Olga Kobzyeva qator, xususan, birgina 2014 yilda Qarachevo - Bolqor gumanitar tadqiqotlar markazi, Krasnoyarsk o‘lka ilmiy - o‘quv markazining madaniyat kadrlari bo‘yicha xalqaro diplomlari bilan taqdirlangan.
    2015    yilda Sankt - Peterburgda “Bigiev o‘qishlari” II  xalqaro islom anjumanida ishtirok etdi.
    Olima 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning eksperti qilib tayinlandi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5