O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Olga Modina

Olga   Modina     Olga  Modina Fedorovnaning umri va butun mehnat faoliyati Toshkent Moliya instituti bilan chambarchas bog‘liq. 1943 - yilda Toshkent Moliya - iqtisod institutiga o‘qishga kirib, uni a’lo baholarga tugatgan. Shu yiliyok Olga Fyodorovna institutning Moliya kafedrasiga katta laborant sifatida ishga olib qolindi. 1959 yilda esa Moskva Moliya institutida dissertatsiya yoqladi va iqtisod fanlari nomzo- di ilmiy darajasiga, 1964 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.
  Olga Fyodorovna 1962 - 1967 yillarda institutning sirtki fakultet dekani, 1967 1985 yillar oralig‘ida kechki va sirtqi bo‘limlar bo‘yicha institut prorektori vazifalarini bajardi. 1985 yil sentyabrdan shu kungacha institutning Moliya kafedrasi dotsenti. Ustoz o‘zining butun qobiliyatini o‘kuv jarayonini yaxshilashga qaratdi. Ishdan ajralmagan holda o‘qiyotgan talabalarning yaxshi bilim olishlari uchun mexnatini ayamadi. Institut filiallari va fakultetlarida kechki va sirtqi o‘qishning yanada yaxshilanishi uchun urindi. Olga Fyodorovnaning taklifi bilan yangi fakultetlar va mutaxassisliklar ochildi. Pedagogik ishlarga yirik olimlar va xalk xo‘jaligining kuchli mutaxassislari taklif etildi. O‘quv bazalari moddiy jixatdan mustahkamlandi, yangi o‘quv-uslubiy ko‘llanmalar yaratildi. Talabalar amaliyotida foydali uslublar ko‘llandi. Uning bevosita sa’y-xarakati bilan o‘kish jarayoni yangi xisoblash texnikasi bilan ta’minlandi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda yetishayotgan mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada mukammallashtirish niyatida o‘tkazilgan ilmiy - uslubiy konferentsiya va seminar-yig‘ilishlar o‘tkazishda u faol qatnashdi.
  O.F. Modiia asli byudjetni rejalashtirish bo‘yicha mutaxassisdir. Shu bois u rahbarlikni o‘quv  - uslubiy va ilmiy - tekshirish faoliyati bilan qo‘shib olib bordi. 
  Uning o‘ttizdan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari chop etilgai bo‘lib, ular byudjetni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda mutaxassis tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan.
  Olga Fyodorovna Modinaga 1974 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” unvoni berilgan. Bir necha bor Oliy ta’lim vazirligining Faxriy yorliqlari, 1995 yilda esa “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80