O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Olimov Hamroqul

Olimov HamroqulTexnika fanlari nomzodi, dotsent

    1942 yil 15 yanvarda Andijon viloyati  Marhamat tumanida tavallud topgan . 1959 yili Marhamat shahridagi 2 - maktabni oltin medal bilan tamomladi . 1960 - 1965 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti fizika - matematika fakultetining fizika va mehnat yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan  tamomladi.  Undagi bilimdonlik , izlanuvchanlik, ilmiy ishga layoqatni o‘z vaqtida anglagan  professor - o‘qtuvchilar kafedrada  o‘qituvchi lavozimida ishga olib qolishga qaror qildilar. Shu  tariqa uning  hayoti  bir umrga universitet  bilan bog‘lanib qoldi.
    H. Olimov 1969 yili Toshkent davlat universitetining yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi  kafedrasi  aspiranturasiga  o‘qishga  kirib, 1972 yili tamomladi.  1973 yilda akademik S. A. Azimov va professor B. A. Otaqulovlar rahbarligida “Ko‘p komponentli yarim o‘tkazgichli qotishmalarning tenzo elektrik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1978 yilda unta dotsent unvoni berildi.
    H. Olimov talabalarga fizika fanidan bilim berar ekan, o‘qib - o‘rganishdan charchamadi. Aksincha, izlanishlari mahsuli bo‘lgan 70 dan ortiq ilmiy maqolalarini Moskva, Sankt - Peterburg, Novosibirsk, Minsk kabi shaharlarning nufuzli jurnallarida e’lon qildirdi. 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar yaratib, mohir pedagog bo‘lib tanildi. Ustoz ish faoliyati davomida - energiya turlarini o‘zgartirish kafedrasi mudiri, dekan o‘rinbosari, 1977 - 1987 va 1993 - 1998 yillarda fizika - texnika fakulteta dekani, 1988 - 1990 yillarda FDPIning kechki va sirtqi o‘quv bo‘limi prorektori lavozimlarida ishlagan yillarida insoniy fazilatlarini yanada to‘laroq namoyon etdi. Jamoada ahillik, ijodkorlik, o‘zaro hurmat qaror topishiga harakat qildi.
    Uning shogirdlaridan texnika fanlari doktori A. Qosimoxunova Farg‘ona politexnika instituta professori, A. Qodirov Qo‘qon davlat pedagogika instituta fizika kafedrasi dotsenti, M. Nabiyev Fargona davlat universiteti fizika kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat olib bormoqdalar.
    H. Olimov ko‘p yillar Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi Tok manbalari ilmiy tekshirish instituti, Sankt - Peterburg politexnika instituti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy - amaliy tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada to‘rtta kichik o‘lchamli yarim o‘tkazgich tenzosezgir asboblar yaratib, mualliflik guvohnomasi va 4 ta patentga eta bo‘lgan. 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar muallifi. H. Olimov 2015 yil 6 fevralda 73 yoshida vafot etgan. Uning yorqin xotirasi shogirdlari, hamkasblari qalbida mangu saqlanib qoladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5