1967-yili Buxoro Davlat universitetini imtiyozli diplom bilan bitirgan Muharramxon ilmga, o‘zi egallagan kasbga e’tiqodi baland ekanigidan shu bilim dargohida ishga olib qolindi. Qisqa furzad ichida Muharram Olimova o‘qituvchi sirlarini puxta o‘rganib o‘z kasbini mohir ustasiga aylandi. O‘z ilmini oshirish maqsadida 1977-yili Toshkent Davlat pedagogika instituti aspiranturasiga o‘qishga kirib professor O.S.Shirokov rahbarligida 1981 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1989-yildan boshlab "Ingliz tili" kafedrasining mudiri sazifasida ishlab kelmokda.Uning bevosita rahbarligida kafedra tarkibi iqtidorli, taniqli mutaxassislar bilan to‘ldirildi. O‘zi boshchilik qilayotgan kafedra ishlash uchun mahalliy kadrlar bilan birga AQSh, Angliya, Germaniya universitetlari professorleri ham ishga taklif qilindi. Ertangi kunni ko‘ra biladigan, chet tili mutaxassislarga talab kattaligini hisobga olgan holda Muharram Olimova mahsus guruhlar ochdi va guruhlarning a’lochi talabalari chet davlatlardagi universitetlarga o‘qishni davom ettirish uchun yuborildi.Olimova Muharram o‘ndan ortiq ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifi sifatida ham tanilgan.Muharram mehribon ona oila sardori, kamtarin inson.