O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Omirov Abdaz Yo‘ldoshevich

Omirov Abdaz Yo‘ldoshevich    Abdaz Yo‘ldoshevich  Omirov 1937 yil 10 oktyabrda Qirg‘iziston Respublikasining  Talas viloyati Budyonovka tumanida tavallud topgan.
  1944 - yil Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatining Taraz shahridagi 16 -  maktabga  o‘qishga  kirib, 1954 yil maktabni  kumush medal bilan tamomlagan.
  1954 - 1959 yillarda  Toshkent Politexnika institutida tahsil olgan va  mashinasozlik  texnologiyasi, metall qirqish va asbob - uskunalar mutaxassisligini  egallagan.
  Mehnat faoliyatini 1959 - yilda Toshkent “Foton” korxonasida konstruktorlik lavozimidan boshlagan.
  1961 - yilda Taraz shahriga qaytib, sut kombinatida mexanika tsexi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
  1965 yili Sverdlovskdagi Ural politexnika instituti aspiranturasiga kirib, 1969 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan va shu institutda mashina va metallar kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan.
  Shu davrda texnologik jihatdan murakkab, tan narxi yuqori va ko‘p mehnat talab qiladigan, andozasi bo‘lmagan stanlarda sovuq prokatlash yo‘li bilan choksiz trubalarni ishlab chiqarish asosiy muammolardan biri edi. A. Y. Omirovning nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi shu masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, olim uni muvaffaqiyatli himoya qilgan.
  1969 yildan 1971 yilgacha Ural politexnika institutida assistent bo‘lib ishlagan.
  1971 yil mehnat faoliyatini Taraz shahridagi Qozoq texnologiya institutida davom ettirgan va dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
  1980 yilda Namangan shahridagi “Elektroterm” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga bosh texnolog lavozimiga ishga keldi. Bu yerda u mazkur korxonani avtomatlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish ishlariga munosib hissa qo‘shdi.
  1985 — 1999 yillarda Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) mashinasozlik texnologiyasi kafedrasida kafedra mudiri, 1990 — 1991 yillari mexanika fakulteti dekani bo‘lib ishlagan.
  A. Y. Omirov 70 dan ortiq ilmiy maqola va o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalar, 4 ta Rossiya patenti muallifidir. U mashinasozlik texnologiyasi fanidan ikkita o‘quv qo‘llanmasi yaratgan.
  2002 yil unga institutning faxriy dotsenti unvoni berilgan.
  Olim mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi ilmiy salohiyatini oshirish, uning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga salmoqli ulush qo‘shib kelmoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5