O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Onarqulov Karimberdi Egamberdiyevich

Fizika - matematika fanlari doktori, professor

    1958 yil 7 mayda Farg‘ona viloyatining  Beshariq  tumanida  tug‘ilgan. 1979 yilda Farg‘ona  davlat  pedagogika institutining  fizika - texnika fakultetini  imtiyozli  diplom  bilan  tamomlagan. 1979 yildan kichik  ilmiy xodim  lavozimida  ish  boshlagan. 1984 - 1986 yillarda O‘zFA Fizika texnika  instituti  aspiranti bo‘lib 1987 yilda “Qo‘rg‘oshin xalkogenidlari asosidagi yupqa  pardalardagi fizikaviy  jarayonlarni o‘rganish” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini himoya  qilgan. 1987 yildan xo‘jalik shartnomasi  asosidagi ilmiy  tadqiqot  ishlarida  katta  o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida  ishlab,1994 yilda kafedra  mudiri  lavozimiga o‘tgan.
  Ilmiy tadqiqot  ishlarini  davom ettirib 2000 yilda “Qo‘rg‘oshin tuzlari  asosidagi  yupqa  pardali infraqizil  qabul qilgichlardagi  fizikaviy  jarayonlarga tashqi  tasirlar  tadqiqi” mavzusida doktorlik  disertatsiyasini  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi  Fizika - texnika  instituti  ixtisoslashtirilgan ilmiy  Kengashida  himoya  qilgan. 2004 yilda  fizika kafedrasi professori ilmiy unvonini olgan.
  Dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha olingan natijalarning amaliy tatbiqi uchun 1988 yilda O‘zFA mukofoti sovrindori bo‘lgan. K. Onarqulov ilmiy rahbarligida 1996 yilda M. Rahmonqulov nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirda u katta ilmiy xodim - izlanuvchilar  G‘. Raxmatov va T. Azimovlarning ilmiy rahbari.
  K. Onarqulov pedagogik faoliyatini ilmiy tadqiqot ishlari bilan birga muvaffaqiyatli ravishda olib borgan. 1994 - 1996, 1999 - 2002, 2011 yildan hozirgacha fizika kafedrasi mudiri, 2002 - 2004 yillarda o‘quv bo‘limi boshlig‘i, 2004 - 2007 yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlaganda o‘quv jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishgan. U “Molekulyar fizika”, “Energiya turlarini o‘zgartirish va ular asosidagi qurilmalar”, “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi” kabi fanlardan talabalarga saboq beradi.
  K. E. Onarqulov tomonidan 2 ta ixtiro uchun patent olingan. Ilmiy jurnallar va to‘plamlarda 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy - uslubiy maqolalari e’lon qilingan. Ham mualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanmasini chop etgan. Hozirda fizika - matematika fakulteti fizika kafedrasida ish faoliyatini olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5