O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Orifov Ubay Orifovich

Orifov Ubay Orifovich (1905.15.6, Qoʻqon (1976.24.12, Toshkent) ) - fizik olim, davlat va jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA akademigi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959). Fizika-matematika fanlari doktori (1954), professor (1956). Oʻzbekiston pedogika akademiyasini tugatgan (1931). Qoʻqon paxtachilik institutida (1932-1934), OʻzDU da (1935-1941) ishlagan. Oʻzbekiston FA Fizika-texnika instituti (1945-1956, 1963-1967), Yadro fizikasi instituti direktori (1956-1962, 1967-1969), Oʻzbekiston FA prezidenti (1962-1966), Oʻzbekiston FA Elektronika instituti direktori (1966-1976). Orifovning asosiy ilmiy ishlari fizika, elektronika, yadroviy va radiatsion fizika, gelioenergetika, paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish masalalariga bag‘ishlangan. Orifov tomonidan fanda hali nomaʼlum boʻlgan hodisalar: qattiq jismga atom zarralari taʼsir etganda roʻy beruvchi koʻplab murakkab jarayonlar, ikkilamchi ionlar va elektronlarning har xil guruhlarini topish va ajratish, qattiq jismlar sirtining xossalarini oʻzgartirish usullari aniqlangan va shu asosda elektron texnika, mikroelektronika va mashinasozlik materiallariga ishlov berish usullari yaratilgan. U paxtachilik va paxta sanoatining taraqqiyotiga hamda xalq xoʻjaligida quyosh energiyasidan foydalanish muammolariga katta eʼtibor berdi. Orifov rahbarligidagi tadqiqotlar natijasida urugʻlik va texnik chigitni toʻla tuksizlantirish, ularni saralash va tozalash muammolari hal etildi, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish va geliotexnik qurilmalar yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirildi. Orifov tashabbusi bilan 1965 yildan boshlab Toshkentda "Geliotexnika" xalqaro jurnalistika nashr etila boshlandi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). Oʻzbekiston FA Elektronika institutiga va Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar65



Filologiya10