Fizika – matematika fanlari doktori, professor
Ahmadjon O‘rinov Farg‘onada differentsial tenglamalar maktabi yaratilishiga hamda rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. U hususiy hosilali differentsial tenglamalar uchun chegaraviy va spektral masalalar nazariyasi sohasidagi chuqur fundamental izlanishlar muallifi sifatida matematiklar orasida katta obro‘ga ega. Hozirgi kunda Farg‘onoda differentsial tenglamalar sohasidagi muvaffaqiyatlar va mutaxassislar tayyorlash uning nomi bilan bog‘liqdir.
A. O‘rinov 1950 yil 19 yanvarda Rishton tumani To‘da qishlog‘ida tavallud topdi. Tumandagi 7 - maktabni tamomlagan. 1966 yil FDPIning matematika fakultetiga o‘qishga kirib, 1970 yilda matematika mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomladi. U 1970 - 1978 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, 1978 - 1980 yillarda esa Fargona davlat pedagogika instituti shogird - tadqiqotchisi lavozimlarida ishladi. 1980 - 1983 yillari O‘zRFA Matematika instituti aspiranturasida tahsil oldi va 1983 yili akademik M. S. Salohiddinov ilmiy rahbarligida “Buzilish chiziqlari silliq bo‘lmagan aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi.
A. O‘rinov 1983 - 1984 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti ilmiy xodimi, 1984 - 1985 yillarda katta o‘qituvchisi, 1985 - 1986 yillarda “Geometriya kafedrasi” mudiri; 1986 - 1987 yillarda “Matematik analiz” kafedrasi mudiri; 1987 - 1991 yillarda “Algebra va matematik analiz” kafedrasi mudiri, 1991 - 1993 yillarda Farg‘ona davlat universiteti katta ilmiy xodimi lavozimida ishladi. 1993 yilda “Bir va ikki bog‘lamli sohalarda aralash tipdagi tenglamalar uchun nolokal chegaraviy masalalar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1993 - 1997 yillarda Farg‘ona davlat universiteti “Differentsial tenglamalar” kafedrasi mudiri, 1997 - 1999 yillarda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 1999 - 2004 yillarda Farg‘ona davlat universiteti rektori, 2004 - 2005 yillarda “Differentsial tenglamalar” kafedrasi mudiri, 2005 - 2014 yillarda “Differentsial tenglamalar” kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. 2014 yildan esa Farg‘ona davlat universiteti “Matematik analiz va differentsial tenglamalar” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Bundan tashqari, A. Q. O‘rinov O‘zRFA Matematika instituti qoshidagi D.015.17.21 raqamli ixtisoslashgan Kengash a’zosi (1994 - 1996, 2003 - 2004), “Fan va turmush” jurnali maslahat kengashi a’zosi (2002 - 2005), bir necha xalqaro va respublika ilmiy konferentsiyalari tashkiliy qo‘mitasida raisdosh, rais o‘rinbosari va a’zo, O‘zRFA Farg‘ona Ilmiy markazi Ilmiy muvofiqlashtiruvchi Kengash raisi (2002 - 2010), “FarDU Ilmiy xabarlari” – “Nauchny vestnik Fer - GU” jurnali bosh muharriri (1999 - 2005), Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati (1999 - 2004), O‘zbekiston Matematiklar jamiyati Farg‘ona viloyati raisi (1993 yildan), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iste’dodli yoshlarni chet elda ta’lim olishini qo‘llab - quvvatlash “Umid” jamg‘armasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi (1999 - 2003) bo‘lgan.
U 1987 yili dotsent va 2008 yili professor unvoniga sazovor bo‘ldi. Alohida ta’kidlash joizki, ilmiy sohada erishgan yutuqlari xalqaro miqyosda e’tirof etilgan holda, uning nomi respublikamizda birinchilardan bo‘lib Buyuk Britaniyada chop etilgan “JahonningXXI asrdagi 2000 nafar intellektual olimlari ro‘yxati”ga kiritilgan.
Zahmatkash olim xususiy hosilali differentsial tenglamalar nazariyasining zamonaviy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan aralash va buziladigan tenglamalar tadqiqoti bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Hozirgacha uning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari respublikamiz va Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, AQSh, Angliya, Turkiya, Koreya kabi davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallari, to‘plamlarida chop etilgan. U mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi turli ilmiy konferentsiyalarda ma’ruzachi sifatida muntazam qatnashib keladi. Olingan ilmiy natijalari asosida 7 ta monografiya chop ettirgan.
A. Q. O‘rinov FarDUda iqtidorli talabalarni tanlash, ularni ilmiy - tadqiqot ishlariga jalb etish va ilmiy kadrlar tayyorlashda faol qatnashib keladi. Uning tavsiyasi bilan ilmiy yo‘nalishga jalb qilingan yoshlardan ko‘plari ilmiy darajaga ega bo‘lib, ulardan 9 nafari uning rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Hozirda uning rahbarligida 4 nafar tadqiqotchi doktorlik, 6 nafari esa nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda, 1 nafar magistr Prezident, 1 nafar talaba Ulug‘bek, 2 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
A.O‘rinov 1992 - 2005 va 2012 - 2015 yillari davlat ilmiy - texnika dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarga rahbarlik qilgan. Uning tashabbusi bilan 1993 yili FarDU - da tashkil etilgan “Differentsial tenglamalar va boshqa turdosh matematik fanlarning dolzarb muammolari” nomli ilmiy seminar hozirgacha muntazam faoliyat olib boradi.
Ustoz olim FarDUda magistrlar tayyorlashda ham faol qatnashib keladi. Magistrlik dissertatsiyasiga u rahbarlik qilgan yoshlarning aksariyati respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida namunali faoliyat olib bormoqdalar, ulardan 5 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
A.Q. O‘rinov o‘quv adabiyotlari tayyorlash bo‘yicha ham salmoqli ishlarni amalga oshirib keladi. Shu paytgacha u magistratura uchun 7 o‘quv qo‘llanma, bakalavriat uchun 20 dan ortiq o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlab, chop ettirgan. Bulardan tashqari, u 20 dan ortiq uslubiy va 80 ga yaqin ommabop maqolalar muallifidir.
Ahmadjon O‘rinov FarDUga rahbarlik davrida universitetga zamonaviy qiyofa berishga, jamoa a’zolarining ijtimoiy himoyasiga, sport, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatni rivojlantirishga, oliygohning xalqaro aloqalarini kengaytirishga, axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq qilishga va ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor bergan. Oliy ta’lim, o‘rta - maxsus ta’lim va ilmiy sohalardagi tajribalarni almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus delegatsiyalar tarkibida Germaniya (Gamburg), AQSh (Vashing-
Hozirda uning rahbarligida 4 nafar tadqiqotchi doktorlik, 6 nafari esa nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda, 1 nafar magistr Prezident, 1 nafar talaba Ulug‘bek, 2 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
A.O‘rinov 1992 - 2005 va 2012 - 2015 yillari davlat ilmiy - texnika dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarga rahbarlik qilgan. Uning tashabbusi bilan 1993 yili FarDU- da tashkil etilgan “Differentsial tenglamalar va boshqa turdosh matematik fanlarning dolzarb muammolari” nomli ilmiy seminar hozirgacha muntazam faoliyat olib boradi.
Ustoz olim FarDUda magistrlar tayyorlashda ham faol qatnashib keladi. Magistrlik dissertatsiyasiga u rahbarlik qilgan yoshlarning aksariyati respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida namunali faoliyat olib bormoqdalar, ulardan 5 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
A.Q. O‘rinov o‘quv adabiyotlari tayyorlash bo‘yicha ham salmoqli ishlarni amalga oshirib keladi. Shu paytgacha u magistratura uchun 7 o‘quv qo‘llanma, bakalavriat uchun 20 dan ortiq o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlab, chop ettirgan. Bulardan tashqari, u 20 dan ortiq uslubiy va 80 ga yaqin ommabop maqolalar muallifidir.
Ahmadjon O‘rinov FarDUga rahbarlik davrida univer- sitetga zamonaviy qiyofa berishga, jamoa a’zolarining ijtimoiy himoyasiga, sport, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatni rivojlantirishga, oliygohning xalqaro aloqalarini kengaytirishga, axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq qilishga va ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor bergan. Oliy ta’lim, o‘rta - maxsus ta’lim va ilmiy sohalardagi tajribalarni almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus delegatsiyalar tarkibida Germaniya (Gamburg), AQSh (Vashington, Nyu - York), Yaponiya (Tokio, Kioto], Xitoy (Pekin, Shanxay}, Koreya (Seul), Turkiya (Anqara, Istanbul), Ukraina (Ternopol) davlatlari oliy o‘quv yurtlarida xizmat safarida bo‘lgan.
A. Q.O‘rinov ko‘p qirrali olim va tashkilotchi, mohir pedagog, jonkuyar ustoz, yuksak madaniyatli dilkash inson. Uning mehnatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy boshqaruvining Faxriy yorliqlari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi” esdalik nishoni, Farg‘ona viloyati hokimining Faxriy yorqiqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.