Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1934 yil 17 avgustda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida tug‘ilgan. 1955 yilda Farg‘ona pedagogika institutning tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirib, 1960 yilda mazkur fakultetni biologiya, ximiya va qishloq xo‘jalik asoslari mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomladi.
1954 - 1955 yillarda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani kasalxonasi feldsheri vazifasida ishladi. 1957 Farg‘ona davlat pedagogika institutiga ishga taklif qilindi. 1957 - 1960 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi laboranti, 1960 - 1963 yillarda pedagogika institutning zoologiya kafedrasi asssistenti lavozimlarida ishladi.
Izlanuvchan yosh tadqiqotchi 1963 - 1966 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti aspiranti sifatida ilmiy izlanishlar olib bordi.
1970 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1974 yilda dotsent ilmiy unvoni berildi.
J. Oripov 1967 - 1973 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 1973 - 1978 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti umumiy biologiya va zoologiya kafedrasi dotsenti, 1978 - 1991 yillarda umumiy biologiya va zoologiya kafedrasi dotsenti lavozimlarida mehnat qildi. 1991 yildan 2012 yilga qadar Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ilmiy -pedagogik faoliyat olib bordi.