O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

O‘rmonov Asqarali Haydaraliyevich

O‘rmonov Asqarali HaydaraliyevichGeologiya – mineralogiya fanlari  nomzodi

    1950 yilda Rishton tumanidagi Yoyilma qishlog‘ida tavallud topdi. 1956 yili shu qishloqdagi 18 - sonli “Madaniyat” nomli sakkiz yillik maktabning birinchi sinfiga o‘qishga kirib, 1964 yili yakunladi. Shu yili Rishton shahridagi 1 - sonli o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirib, 1966 yili mazkur maktabni bitirdi.
  1967 yili Chirchiq shahridagi 9 - g‘isht zavodida, 1968 yilda “O‘zqishloqxo‘jalikmash” (“Uzbekselmash”) zavodida ishlash bilan birga, Toshkent politexnika institutining kechki pullik tayyorlov kursida tahsil oldi. 1968 - 1973 yillarda Toshkent politexnika instituti geologiya - qidiruv fakultetida “Neft va gaz konlarini qidirib topishning geofizik usullari” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldi.
  1973 yili mazkur institutni tugalladi va Qo‘qon shahrida joylashgan “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi”ga geofizik mutaxassisligi bo‘yicha ishga jo‘natildi. 1973 - 1993 yillar davomidau ekspeditsiyaningturli bo‘limlarida va dala seysmik - qidiruv partiyalarida turli lavozimlarda ishlab keldi. 1989 - 1992 yillarda ishdan ajralmagan holda Moskva shahridagi sobiq Butunittifoq neft geologiyasi ilmiy - tekshirish instituti qoshidagi aspiranturada sirtdan tahsil oldi.
  1993 yili Moskva Yer fizikasi ilmiy tekshirish instituti professori, geologiya - mineralogiya fanlari doktori N. Ya. Kunin va geologiya - mineralogiya fanlari doktori, professor V. S. Shein rahbarligida “Fargona tog‘ oralig‘i botiqligi neogen yotqiziqlarining geologik tuzilishi va uning neftgazga istiqboli” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini himoya qildi.
  U shundan beri ishlab chiqarish bilan birga, ilmiy izlanishlarni davom ettirib kelmoqda. Uning boshchiligida va muallifligida 35 dan ortiq geologik va tematik hisobotlartuzilib, tekshiruvdan o‘tkazilib, himoyadan so‘ng O‘zbekiston Davlat geologiya Fondiga topshirilgan. Ish faoliyati davrida 25 dan oshiq seysmik - qidiruv loyihalarini tuzishda faol qatnashgan, ishlab chiqarishga 10 dan ziyod amaliy takliflar bergan. Bu takliflarning ayrimlarini ishlab chiqarishga tatbiq etilishi natijasida Markaziy Avval maydonida mel yotqiziqlarida gaz koni ochilgan.
  A. O‘rmonov hozirgi paytda ilmiy izlanishlarni davom ettirib, “Farg‘ona botiqligi kaynozoy tog‘ jinslarining geologik tuzil ishi xususiyatlari va neft - gazga istiqboll i yo‘nalishlari” mavzusidagi geologiya - mineralogiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yakunlash va himoya qilish taraddudida. U o‘zining doktorlik ilmiy ishini geologiya - mineralogiya fanlari doktori, professor T. L. Bobojonov ilmiy rahbarligida olib bormoqda.
  A. O‘rmonov 1994 yildan buyon “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” bosh geologi. Hozirgi kunda Geologiya va geofizika ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritmoqda va tajribali geofiziklardan biri sifatida Farg‘ona vodiysida neft va gaz konlarini qidirib topishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
  U Markaziy Avval - paleogen, Markaziy Avval - mel, Qashqarqir, Uchtepa neft - gaz konlari ochilishida asosiy muallifdir. Bundan tashqari, Qorajiyda, Mingbuloq, Gumxona, Varik - N, Xonqiz, Andijon, G‘arbiy Polvontosh, Xartum va boshqa neft - gaz konlarining zamonaviy seysmorazvedka - 30 usuli bo‘yicha geologik modellarini tuzishda, ularning geologik tuzilishini o‘rganishda, ma’lumotlarni maxsus kompyuter dasturlarida tahlil etishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Shimoliy Haqqulobod, Sariqo‘rg‘on, Kalamush, Naynova, Toshtepa, Oltiariqsoy, Yangiobod, Boburmirzo, Baynalmilal va boshqa ko‘pgina neft - gazga istiqbolli maydonlarni parmalash ishlariga tayyorlashda boshchilik qilib, faol ishtirok etgan.
  Asqarali O‘rmonov Xitoyda “SIR5” - Xitoy Milliy neft kompaniyasi tashkil qilgan seysmik dala ma’lumotlarini kompyuterda tahlil qilish kursida o‘qib kelgan. U “O‘rtasirdaryo”, “Forish”, “Zarafshon” botiqliklarida va “Orumboy”, “Markaziy Qizilqum” ko‘tarilmalari majmuasida olib borilayotgan regional qidiruv - geofizik ishlarini olib borishni tashkillashtirib, olingan natijalarni tahlil etish bilan shug‘ullanmoqda.
  U o‘zining ish faoliyatida Farg‘ona neft havzasida va sobiq Ittifoq miqyosida GSK - 10, GSK - 6 portlashsiz seysmik to‘lqin manbalarini davlat sinovidan o‘tkazish va ishlab chiqarishga tatbiq etishda faol qatnashgan. Xizmatlari inobatga olinib, sobiq Ittifoqning “Yer osti boyliklari razvedkasi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5