O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

O‘rmonov Solijon Mo‘sayevich

O‘rmonov Solijon Mo‘sayevichBiologiya fanlari  nomzodi, dotsent

    1955 yil 4 fevralda Farg‘ona viloyatining  Oltiariq tumanida  tug‘ilgan. 1972 yili Zilxa  qishlog‘idagi  17 - o‘rta maktabni tugallagan. 1973  yili Farg‘ona  pedagogika instituti  tibbiyot  fakultetining  kimyo - biologiya  bo‘limiga  o‘qishga  kirib, mazkur  bo‘limni  1979 yili tugatgan.
  1979 yildan boshlab  uzluksiz  ravishda  ilmiy  – pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanib kelmoqda. Farg‘ona davlat universitetida  laborant, ilmiy xodim, o‘qituvchi, fakultet dekani o‘rinbosari, dekan, 1998 yildan kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
  1997 yilda  ilmiy rahbari, dotsent S. Teshaboyev  rahbarligida “Farg‘ona viloyati janubiy  rayonlari  ekosistemasidagi simob  miqdorini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  yoqlagan - biologiya fanlari nomzodi. 2003 yilda kimyo  kafedrasi dotsenti ilmiy  unvonini  olishga muyassar bo‘ldi. S. O‘rmonov vodiyda birinchi bo‘lib  analitik  kimyoning fizik - kimyoviy  analiz usullarini ekologik muammolari yechimiga  qaratib, simobni  biologik  manbalarda  aniqlashning  yangi uslublarini ishlab  chiqdi, uni takomillashtirdi, amaliyotda sinab  ko‘rdi  va tavsiyalar yaratdi.
  S. O‘rmonovning ilmiy izlanish natijalari  nafaqat  vodiymiz, balki butun  Markaziy Osiyo uchun  ham  o‘ta dolzarb  bo‘lgan og‘ir  metallarning  atrof - muhitga  toksikologik ta’siri   muammosiga  bag‘ishlangan. Uning  maqolalari Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiyaning nufuzli ilmiy  jurnallarida e’lon qilingan. Shuningdek, simobdan  tashqari  yana 15 ga yaqin  kimyoviy elementlar asosida  ilmiy  tajribalar  o‘tkazib, g‘oyat muhim ilmiy  natijalarni olshga muyassar  bo‘ldi. Tinimsiz izlanishlari  natijasida 60 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ga yaqin ilmiy va uslubiy risolalar chop ettirdi. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5