Shavkat Ravshanovich O’roqov 1973 - yili 8 - iyulda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tavallud topgan. Otasi Ravshan aka agranom
bo’lib, onasi Anora opa bilan 6 nafar farzandini ham esli - xushli, ilmga ixlosli qilib ulg’aytirishdi. Shavkatjon ham 1990 yilda Qiziltepa tumanidagi G’afur G’ulom nomli 26 - umum ta’lim o’rta maktabini “Oltin medal” bilan tugatib, Toshkent davlat universitetining mexanika - matematika fakultetiga o’qishga kirdi. Ota ta’limotiga sodiq farzand oliygohni matematika ixtisosligi bo’yicha muvaffaqqiyatli tugatdi. Yosh matematik 1995 - yilda UzR FA “Kibernetika” IIChB Kibernetika inetitutiga tadqiqotchi bo’lib ishga qabul qilindi.
1997 - 2000 yillarda esa mazkur institutning kunduzgi bo’lim aspiranturasida o’qidi. 2000 - 2004 yillarda institutda kichik ilmiy xodim,2004 – 2007 yillarda institut qoshidagi “Kompyuter texnologiyalari” akademik
litseyida o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari lavozimida xizmat qildi. Ilmiy faoliyati davomida ustozlari: professor S. Artiqova va professor D. Muhammedova rahbarligida yigirmadan ortiq ilmiy maqola va tezis – maruzalarini chop etgan. Ilmiy hayotida akademiklar V. K. Sobirov va M. M. Komilov;professorlar N. Muminov, S. S. Qosimov, Sh. X. Fozilov, R. A. Ubaydullayev, T. Shodiyev, A. Abdug’afforov, B. Berkinov, B. Ismoilov,
B. Salimov, B. Anorboyev; fan nomzodlari N. Mirzayev va R. Po’latova1ardan fan sirlarini o’rgandi.
Shavkat O’roqov 2005 yilda professor S. Artikova rahbarligida “Bozor itstisodiyoti sharoitida pillachillik tarmog’ining rivojlanish istiqbollarini belgilash” mavzusida “Mikroiqtisodiyot” va
“Ekonometrika va statistika” mutaxassisligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoq1adi. Iste’dodli olim, iqtisodchi Shavkat O’roqov
2007 yildan buyon Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi direktori
lavozimida ishlab kelmoqda...
O’roqov rahbarigida iqtidorli o’quvchilar tomonidan bir qator yutuqlarga erishildi: akademik litsey o’vchilari 2009 – 2017yillar davomida Informatika va dasturlash bo’yicha Butunrossiya ochiq chempionatida faol ishtirokchi va Respublika g’olibi; 2014 – 2016 yillarda Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Respublika fan olimpiadasi g’olibi; 2015 - 2017 yillari “Litseyim – faxrim” bilimlar bellashuvida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika sovrinli (1, 2 va 3) o’rinlar g’olibi; 2016 yilda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o’kazilgan 28 – Xalqaro olimpiadasi va 2017 yil Eron davlatiniтg Texron shaxrida o’tkazilgan 29 - Xalqaro olimpiadasi faol ishtirokchisi; 2017 yil Qozog’iston Respublikasining Olma - ota shaxrida o’tkazilgan Xalqaro olimpiadada bronza medali soxibi; 2017 yil 8 - 11 aprel kunlari Moskva davlat universiteti filiali tomonidan o’tkazilgan “Lomonosov - 2017” Forum (bilimlar bellashuvi) da 1 ta “Oltin medal” va 1 ta “Kumush medal” sovrindori; 2017 yil 9 - 11 dekabr kunlari Qozog’iston Respublikasining Olma - ota shaxrida o’tkazilgan Informatika va dasturlash bo’yicha Butunrossiya ochiq chempionatida Kumush medal soxibi bo’lishgan. Akademik litsey o’qituvchilari tomonidan 2013 - 2017 yillari 4 ta darslik, 2 ta uslubiy qo’llanma, 2 ta amaliy qo’llanma, 11ta oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun qo’llanma yaratildi. Har bir davonni zabt etdish uchun tinmay izlanishlar, har bir o’quvchining ko’nglini topish singari jarayoplardan o’tildi va istiqbol eshiklari ochildi... Bu Shavkat O’roqovning xaqiqatlaridir. Shavkat O’roqov rafiqasi Umidaxon (fizika - matematika fani o’qituvchisi) bilan bir o’g’il va ikki qizni voyaga yetkazishmoqda. Ularni oldinda yana shavkatli kelajak kutmoqda!
Ha, Shavkat O’roqov yaratgan “Imorat”ning poydevori - ilm, ustunlari fidoyilikdir. Uning eshigidan har kun ezguligu savob otlig’ nurlar chiqib atrofga yoyiladi odamlar ko’nglini yoritadi,ularda o’z nomini myxirlaydi.