O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Otajonov Homidjon

Otajonov HomidjonQishloq xo‘jalik

     1933 yil 10 mayda Rishton tumani  Oq  yer qishlog‘ida  tug‘ilgan. O‘z qishlog‘idagi   o‘rta maktabni bitirgach, shu maktabda bir yil  yetakchi vazifasida ishlagan.
    1954 yil Samarqand qishloq  xo‘jalik  institutiga  qabul qilingan. 1958 yil  o‘qishni tamomlab, Rishton  tumanidagi jamoa xo‘jaligida agronom bo‘lib  ishlagan.
    H.Otajonov 1961 yil Toshkent qishloq xo‘jalik instituti aspiranturasiga qabul qilingan. Aspiranturani tamomlab, ilmiy tekshirish institutida urug‘chilik bo‘yicha professor M.Muhammadjonov ilmiy rahbarligida tadqiqotlar olib borgan.
    Olingan ilmiy natijalari asosida H.Otajonov 1967 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 1968 yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti kimyo - biologiya fakultetiga ishga qabul qilingan. Bu oliygohda u 1975 yilgacha turli pedagogik lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 1975 yili Toshkent qishloq xo‘jalik instituti Farg‘ona filiali ochilgach, 10 yil davomida mazkur oliygoxda dekan lavozimida ishlagan. Filial tugatilgandan so‘ng Bag‘dod tumani urug‘chilik ilmiy markazida faoliyat olib borib, paxtachilik bo‘yicha yangi chigit navini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. 1993 yil 21 noyabrda vafot etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5