O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Oxunjonov Ortiqxo‘ja

Oxunjonov Ortiqxo‘jaTarix fanlari nomzodi, dotsent

     1937 yil 20 oktyabrda Rishton tumanidagi Buloqboshi qishlog‘ida tavallud topgan. 1956  yillarda Toshkent davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan . 1965 - 1967 yillarda Rishton tumanidagi maktabda tarix o‘qituvchisi ,Bag‘dod tumani “ Avangard”  gazetasida , Rishtontumani  partiya  komiteti xodimi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Bag‘dod tumani “Avangard” gazetasida, Rishton tumani partiya komiteti xodimi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
    1967 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif etilgan. 1968 - 1973 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan.
    Ilmiy ishining asosiy mazmuni va olib borilgan ilmiy tadqiqotlar yakuni sifatida 1971 yilning 21 martida viloyat “Kommuna” gazetasida “Farg‘ona jurnalist kadrlarining shakllanishi” nomli maqolasi e’lon qilingan. Shu gazetaning 1971 yil 22 avgust kungi sonida e’lon qilingan “Ziyolilarning ilmiy otryadi” sarlavhali maqolasida eski ziyolilardan foydalanish muammolari ko‘tarilgan. Shuningdek, “Guliston” jurnalining 1972 yil 10 - sonida e’lon qilingan “Ma’rifatning oydin yo‘li” nomli maqolasida madrasalar, qorixonalar, eski maktablar, bular tayyorlagan kadrlar haqida fikr yuritilib, “o‘zbek xalqining 98 foizi savodsiz” degan soxta qarashlar rad etilgandi.
    1973 yilda akademik R.X.Aminova il miy rahbarligida “O‘zbek ziyoli kadrlarning shakllanish tarixi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
    O.Oxunjonov 1980 yili dotsent ilmiy unvonini olishga muyassar bo‘lgan. 1981 - 1985 yillarda FarDU “Tarix va tarix o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 1990 - 1993 yillarda tarix fakulteti dekani lavozimida o‘quv, ta’lim - tarbiya va ilmiy - tadqiqot ishlarini takomillashtirish borasida namunali ishlarni amalga oshirib, hamkasblari va shogirdlari hurmatiga sazovor bo‘lgan.
    O.Oxunjonov 30 taboq hajmdagi ilmiy, ilmiy - uslubiy maqolalar hamda “O‘zbek ziyolilarining shakllanish tarixi” risolasi muallifidir. U haqda “Ezgulikka yo‘g‘rilgan umr” nomli risola chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5