Biologiya fanlari doktori , professor
1936 yilda Farg‘ona viloyatii quva tumanida tavallud topgan. 1953 yil Andijon viloyati Asaka tumanidagi 24 - o‘rta maktabning 10 - sinfini tamomlab, Samarqand qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirdi. 1958 yilda agronom mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni tamomladi. 1958 - 1961 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy tekshirish institutida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 1961 - 1964 yillarda shu institutda aspiranturada tahsil oldi. 1968 yilda Toshkent davlat universitetida biologiya fanlari nomzodligi uchun dissertatsiya himoya qildi. 1954 yildan Farg‘ona davlat pedagogika instituti tibbiyot fakultetining qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasiga kata o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif qilinadi. 1964 - 1966 yillarda tibbiyot - geografiya fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida ishladi. 1970 yilda dotsentlik ilmiy unvonini oladi. 1970 - 1973 yillari Farg‘ona davlat pedagogika institutining botanika kafedrasida katta ilmiy xodim lavozimida doktoranturada ilmiy - tadqiqot ishlari olib bordi. 1974 yildan botanika kafedrasida dotsentlik lavozimida faoliyatini davom ettirdi.
1977 yilda biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qildi. Farg‘onada Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining filiali ochilishi munosabati bilan professor Yu. Parpiev botanika kafedrasi mudirligiga taklif etildi. Uning rahbarligida bir nechta fan nomzodlari va yetuk qishloq xo‘jalik xodimlari tayyorlangan.
Yu.Parpiev ilmiy pedagogik ishlari uchun faxriy yorliqlar hamda raxmatnomalar bilan taqdirlangan. 3 ta monografiyasi va 180 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.