O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Pavlovna Soy Alla

    U odamlarni juda sevadi, kasbini qadrlaydi, bir inson qalbiga quvonch olib kirolsa, dardiga shifo topa olsa, o‘zini baxtiyor his qiladi. U ana shunday keng va sahiy qalb sohibasi. U haqda yozilgan, undan shifo topgan insonlarning har bir dil izhori, minnatdorchilik so‘zlarini avaylab saqlab qo‘yadi, o‘qib ulardan kuch oladi, shodlanadi, kimgadir nafi tekkanidan ruhlanadi. Ushbu fikrlar qo‘li yengil shifokor, hanuz o‘qib-o‘rganishdan charchamaydigan, ilmiy izlanishlari, tadqiqotlarini insonlar salomatligi yo‘lida qo‘llay oladigan, tibbiyotning ko‘p sohalari bo‘yicha mutaxassis Soy Alla Pavlovna haqidadir. Tibbiyot kollejini, hamda O‘zbekiston Milliy Universitetining biologiya fakultetini tugatgan Soy Alla tibbiyotdagi bilimlarini Rossiya, Ukraina, Xitoyda igna bilan, nuqtali massajlar bilan davolovchi mutaxassislar yordamida boyitdi. Ko‘p yillar TAPOICh kasalxonasida shifokor sifatida faoliyat ko‘rsatdi, ikki marta Vrachlar tajribasini oshirish institutida tajriba oshirdi. "Intermed" tibbiyot markazida faoliyat ko‘rsatayotgan paytda "Fikr-mulohazalar kitobi"ga yozilgan bemorlarning minnatdorchilik so‘zlaridan sahifalar to‘lib ketgandi. Soy Alla Pavlovna xalq tabobati, zamonaviy tibbiyot ilmini birgalikda uyg‘unlikda qo‘llaydi. U inson tanasining ma’lum sohasinigina o‘rganib, uni davolash emas, har bir a’zoni chuqur o‘rganish kerak, chunki tana bir butun, bir-biri bilan bog‘liq, deydi. Shuning uchun ham o‘zi endikri- nologiya, urologiya, ginekologiya, nervologiya, terapiya, kardiologiya, farmokologiya sohalari bo‘yicha o‘qib o‘rganadi, izlanadi. Chet ellarga tajriba oshirishga borgan. Uning yorug‘ va juda nurli ishxonasiga qadam bossangiz o‘zga olamga kirib qolganga o‘xshaysiz. Kitob javonlarida turli tibbiyotga oid noyob kitoblar, jurnallar, entsiklopediyadan tortib turli tibbiyot spravochniklari. Ilm-fanning chek-chegarasi yo‘q deb hisoblagan Alla Pavlavna har kuni ana shu kitoblarni o‘qiyman, yangilarini olib kelaman, yangiliklarni izlayman, deydi. Masalan, birgina umurtqa churrasi bilan kelgan bemorni har tomonlama chuqur o‘rganadi, uning qon tarkibi, qand moddasining mikdori, qon bosimi, yuragi. Chunki berilayotgan muolaja, dori-darmonlar tananing boshqa a’zolariga ziyon yetkazmasligi kerak, deydi shifokor. Soy Alla Pavlovna kasallikni vaqtida davolash, unga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, kasallik oqibatlari ona sog‘lig‘ining tug‘ilajak bolaga ta’siri haqida turli ilmiy va ommabop kitoblar, ilmiy maqolalar yozgan. Shunday bemorlar bo‘ladiki, og‘ir ahvolda Alla Pavlovnaga murojaat qilishadi, yurolmay qolgan paytlarida aravachalarda kelgan og‘ir bemorlar ham bo‘lgan. Ana shundaylarning sog‘ayib ketgandan so‘ng o‘z oyog‘i bilan chopqillab kelib, ko‘zida yosh bilan unga rahmat aytganda ko‘zlari chaqnab ketadi, yana va yana odamlarga nafi tegishga, o‘kib-o‘rganishga, izlanishga kirishadi. Bunday bemorlarni ko‘plab misol keltirish mumkin, ular hanuz qo‘li yengil, olijanob shifokorga kelib bayramlarda yo‘qlab turishni unutmaydilar. Zero, mehrli qalbga hamisha barcha talpinaversa kerak. Alla Pavlovnaga bejiz "tselitel-tabib", "refloksoteranevt" maqomlari berilmagan. Shifokor har tomonlama chuqur bilimga ega. Igna bilan davolash, nuqtali massaj, shifobaxsh o‘tlardan vaqtida foydalanish, diagnostika, zamonaviy tibbiyot. Bular, albatta, qunt bilan o‘rganish, alohida noyob iste’dod, katta bilimni talab kiladi. Alla Pavlovna, ayniqsa, turli og‘ir xastaliklar - umurtqa churrasi, osteoxondroz, qandli diabet, endokrinologik kasalliklar bo‘yicha yaxshi mutaxassis. Soy Alla Pavlovna jamoat ishlarida ham faol, u o‘zi istiqomat qilayotgan Yashnabod tumani xotin- qizlari faollaridan, deyarli barcha tadbirlarda tashkilotchilardan biri. Tuman, shahar hokimiyatining faxriy yorliklariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, yaqinda o‘tkazilgan yubiley kechasida u hamisha faol bo‘lgan tuman Koreys markazi tomonidan bir medal topshirildi. U shunday nomlanadi: Za udivitelnuyu sposobnost darit lyudyam zdorove, radost i schaste". Haqiqatan, inson salomatligidan ortiq quvonch, baxt bo‘lmasa kerak. Unga atalgan bir she’rning sarlavhasi mana bunday "Jenshina Vesna po imeni Alla". Haqiqatan ham hamisha go‘zal va navqiron, xushmuomala va kamtarin Soy Alla Pavlovnaga boqib, uning go‘zallik sirini anglagandek bo‘laman. Bu odamlarga yaxshilik kilib, dardiga davo topib, yayragan qalbning- nuri, shuuridan bo‘lsa ajabmas. Soy Alla Pavlovna oilali, ikki o‘g‘li, besh nabirasi bor. Shuni ta’kidlash kerakki, u katta bir xonadonning sevikli, mehribon, oqila sohibasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar40



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar30



Filologiya10