O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Po‘latov Alisher Saidjamolovich

Po‘latov Alisher Saidjamolovich    Alisher Saidjamolovich Po‘latov 1950 yil 1 yanvarda  Namangan shahrida  xizmatchi  oilasida tug‘ilgan.
  1957 - 1967 yillarda  Namangan shahridagi  7 - o‘rta maktabni  oltin  medal bilan  tamomlagan.
  1967 yilda  Toshkent politexnika  instituti kimyo - texnologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 1972 yil “Umumiy ovqatlanish ”  texnologiyasi va uni  tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli  diplom bilan  tugatgan va muhandis - texnolog ixtisosligini  egallagan.
  1972 - 1973 va 1977 - 1984 yillarda Namangan viloyat ijroiya qo‘mitasi qoshidagi umumiy ovqatlanish tresti va savdo boshqarmasida rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.
  1973 - 1977 yillarda Moskva xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Rossiya xalq xo‘jalik akademiyasi) aspiranturasida tahsil olgan va “Ayrim texnologik omillarning o‘zbek milliy taomlari ozuqaviy va biologik ko‘rsatkichlariga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
  1995 yil unga dotsentlik ilmiy unvoni berildi.
  A. S. Po‘latov 1984 yilning oxirlaridan boshlab Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) umumiy kimyo kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishladi.
  1991 - 1993 yillarda yangi tashkil etilgan texnologiya fakultetini boshqardi. 1993 - 1996 yillarda shu fakultet tarkibida konservalash texnologiyasi kafedrasi tashkil etildi va A. S. Po‘latov mazkur kafedra mudirligiga saylandi.
  2002 yildan buyon A. S. Po‘latov texnologiya fakultetida texnologik jarayonlar, qurilmalar va ularni avtomatlashtirish kafedrasi dotsenti lavozimida mehnat qilmoqda. Ayni paytda fakultetda Vasiylar va homiylar kengashi raisi vazifasini bajarib kelmoqda.
  Hozirgi kunda “Oziq - ovqat sanoati korxonalari chiqinlaridan import o‘rnini bosuvchi ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish tizimlarini sintez qilish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
  Olim 50 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar, shu jumladan, “Oziq - ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tizimlari” nomli uslubiy qo‘llanmaning muallifidir. 25 dan ortiq o‘quv - uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5