Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1931 yil 17 yanvarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi Oq oltin qishlog‘ida tug‘ildi. 1951 yili Uchko‘prik tumanidagi 1- o‘rta maktabni alo baholar bilan bitirib, Toshkent qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakultetiga o‘qishga kirdi. 1956 yilda institutni muvaffaqiyatli tamomladi.
Mehnat faoliyatini 1956 yilda Uchko‘prik tumanidagi Uchko‘prik jamov xo‘jaligi bosh agronomi sifatida boshladi. U agronomlik davrida qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini oshirish, agrotexnika qoidalariga rioya qilish borasida katta ishlar olib bordi va paxta hosildorligini oshirishga o‘z hissaini qo‘shdi.
Agronomlik davridayoq unda ilmiy ishlarga qiziqish, g‘o‘za urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqi tug‘ildi. Bu ishtiyoq 1958 yilda Nosirjonni Toshkent qishloq xo‘jalik institutining paxtachilik kafedrasi aspiranturasiga boshlab keldi. N. Po‘latov aspirantura davrida(1958 - 1961) professor A. I .Avtonov rhbarligida ilmiy izlanishlar olib bordi va tinimsiz mehnat o‘z samarasini berdi. U 1961 yilning 13 noyabrida O‘zbekistn Fanlar akademiyasi biologiya bo‘limida “Turli muddatlarda terib olingan paxta chigitining g‘o‘za o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va ayrim biologik xususiyatlariga tasiri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1961 yil mart oyidan boshlab Farg‘ona davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyatini boshladi. 1962 yildan 1980 yilgacha qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi mudiri, 1962 - 1967 yillarda biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari fakulteti dekani lavozimida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1965 yili unga dotsent ilmiy unvoni berildi. N. Po‘latov tomonidan 100 ga yaqin ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar va monografiyalar elon qilingan. Bular jumlasiga 1966 yilda nashr qilingan “Ximiya dehqonchilik xizmatida”, “Farg‘ona mashalalari” (1967), ”Sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za o‘stirishning xususiyatlari” (1981) kabi kitoblari misol.