O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Po‘latov Yusufjon

Po‘latov YusufjonPedagogika fanlari doktori, professor

     1940 yilda Farg‘ona  shahrida tug‘ilgan. 1957  yilda shahardagi 30 - o‘rta maktabni bitirdi. 1957 - 1962 yillari Farg‘ona  davlat pedagogika  institutining  fizika  fakultetida  o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. 1984 - 1986 yillarda Moskva davlat pedagogika universiteta aspiranturasida o‘qidi va shu universitetning fizika fakulteta qoshidagi ilmiy Kengashda fizika o‘qitish mutaxassisligi bo‘yicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchuy dissertatsiya yoqladi.
    1985 yildan boshlab Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi va 1986 Yili dotsent ilmiy unvonini oldi. O‘zining ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirib, 1991 - 1993 yillarda Moskva davlat pedagogika universitetida doktoranturada o‘qidi.
    Y.Po‘latov “Universitetlarda fizika o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda fizik eksperimentning roli” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini ToshDUning fizika fakulteti qoshidagi ilmiy Kengashda yoqlab, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olishga sazovor bo‘ldi.
    1992 - 1993 yillarda Moskvada 40 dan ziyod fizik eksperimentlarga oid ham mualliflikdagi ishlari ishlab chiqarishga joriy etilganligi haqidagi guvohnomaga egadir. Yu.Po‘latov O‘zbekistan Milliy universiteti qoshidagi fizika o‘qitish bo‘yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha Ixtisoslashgan Kengash a’zosi edi.
    Y.Po‘latov 10 ta monografiya va o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalarini chop ettirgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80