Tibbiyot fanlari nomzodi
1971 yil 22 fevralda Rishton tumanidagi Oq yer qishlog‘ida tug‘ilgan. 1988 yilda tumandagi 8 - o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan.
1986 - 1988 yillarda Rishton tumani Sanitariya - epidemiologiya stantsiyasida instruktor lavozimida ishlagan. 1988 yilda Toshkent tibbiyot oliygohi davolash ishi fakultetiga o‘qishga kirgan va 1994 yilda mazkur oliygohni tamomlagan.
1994 - 1995 yillar mobaynida Farg‘ona viloyat shifoxonasida nevrologiya mutaxassisligi bo‘yicha internatura o‘tagan. 1995 - 1998 yillarda metod bo‘limida tashkiliy - uslubiy vrach metodist bo‘lib ishlagan. 1998 - 2003 yillarda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali shoshilinch nevrologiya bo‘limida nevropatolog lavozimida faoliyat yuritgan. 2003 - 2015 yillar davomida Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limida bo‘lim mudiri va viloyat bosh nevrologi lavozimida ishlagan.
2011 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish oliygohida professor M. Asadullayev rahbarligi ostida “Farg‘ona shahrida bosh miya insultlari registri bo‘yicha klinik - epidemiologik o‘rganish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2015 yildan buyon Farg‘ona shahridagi “Neyroservis” klinikasida bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.