O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Polvonov Fazliddin Yuldashevich

Polvonov Fazliddin Yuldashevich   Texnika fanlari nomzodi, dotsent

     Fazliddin Polvonov 1958 yil 2 sentyabrda Rishton tumanining Oq yer qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Otasi Yuldashali Polvonov Rishton tuman matubot uyushmasida malakali mutaxassis sifatida turli lavozimlarda ishlagan. Onasi Toshxon Polvonova jamoa xo‘jaligida ishchi, bolalar bog‘chasida oshpazlik qilgan.
    Bo‘lajak olimning yoshlik, o‘spirinlik davri Oq yer qishlog‘ida o‘tdi. Rishton tumanining 8 - o‘rta maktabida ta’lim oldi. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgandan so‘ng Rossiya Federatsiyasidagi Tula politexnika institutining mexanika - texnologiya fakultetida “Mashinasozlikni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot oldi.
    1981 yildan Farg‘ona politexnika institutida oddiy assistent lavozimida ish boshlagan F.Polvonov bu qutlug‘ oliy dargoxda hayot sabog‘ini ustozlaridan o‘rgandi.
    1985 - 1988 yillarda Moskva energetika institutida shogird - tadqiqotchi va aspirant sifatida ilmiy izlanishlar olib borib, qator maqolalar e’lon qildi, ilmiy anjumanlarda yirik olimlar bilan yonma-yon ma’ruzalar o‘qidi. Moskva energetika instituti professori, texnika fanlari doktori V.P.Borodyuk rahbarligi ostida dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ilmiy ishini o‘z vaqtida tamomlab, 1988 yilda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida muhim soha bo‘lgan ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga oid (“Metodi kopirovaniya viborok v analize dannix”) mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
    Yosh, umidli olim Farg‘ona politexnika institutiga qaytib, o‘ziga qadrdon professor - o‘qituvchilar jamoasida yoshlarga saboq bera boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya Komissiyasi tomonidan 1996 yilda unga “Hisoblash texnikasi va programmalashtirish” kafedrasi bo‘yicha dotsentlik ilmiy unvoni berildi. 1988 - 2000 yillar davomida Farg‘ona politexnika institutida assitent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi.
    U 1999 - 2000 yillarda Farg‘ona politexnika institutining “Hisoblash texnikasi va programmalashtirish”, “Informatika” kafedralari mudiri, 2000 - 2006 yillarda shu institutining Energetika fakulteti dekani lavozimida, 2006 yilda institutning “Axborot texnologiyalari” markazi bo‘lim boshlig‘i, 2007 yilda “Ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi” boshlig‘i la- vozimlarida ishladi.
    Fazlitdin Polvonov kafedra mudirligi lavozimida ishlash davrida Farg‘ona vodiysida birinchi bo‘lib axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun bakalavriaturaning yangi “Informatika va axborot texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishini ochdi va o‘quv jarayoni tashkil etdi. Keyinchalik 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan ushbu bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi bazasida Farg‘ona shahrida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali tashkil etildi.
    2008 yildan boshlab TATU Farg‘ona filialida pedagogik faoliyatini boshladi. 2008 - 2009 yillarda TATU Farg‘ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, 2009 - 2012 yillarda filialning o‘quv va ilmiy - tadqiqot ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2012 - 2014 yillarda filial direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat olib bordi, 2014 yidan boshlab o‘quv va ilmiy - tadqiqot ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishladi.
    F.Polvonovning 70 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari e’lon qilingan, 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va monografiya shular jumlasidandir.
    Kamtarin va fidoyilik xislatlariga ega bo‘lgan Fazlitdin Polvonov filial professor - o‘qituvchilari va talabalar orasida katta hurmat va obro‘ga ega edi. Jonkuyar olim 2018 yil 6 fevralda to‘satdan vafot etdi.


 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5