O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Pugachenkova Galina Anatolyevna

    Azizlar, bu alloma ayol haqida juda ko‘p yozilgan. Chunki u elimiz - yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘zining arxeologik xizmatlari bilan e’tiborli hissa qo‘shgan olimadir. O‘zFA Yax’yo G‘ulomov nomidagi Arxeologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi Pugachenkova Galina Anatolyevna 1915 yilda Olmaota shahrida tug‘ilgan. 1937 yilda O‘rta Osiyo industriya institutini tamomlagan va me’morchilik ixtisosiga ega bo‘lgan. 1937 — 1941 yillarda shu institutning aspiranturasida o‘qigan. 1942 - 1960 yillarda Toshkent Davlat universitetida dotsentlik vazifasida ishlagan. 1961 — 1985 yillarda San’atshunoslik instituti sektori mudiri, 1985 — 1987 yillarda UzRFA Prezidiumi tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari bo‘limi raisi, 1993 yilgacha esa O‘zRFA Tarix instituti maslahatchisi bo‘ldi. U o‘zining keksalik yoshiga qaramay hamon safda, hamon o‘z fikr - o‘ylari bilan yoshlarga ko‘mak bermoqda.
    Endi Galina Anatolevnaning mehnatiga berilgan baxolarga, uning ilmiy darajalari va unvonlariga nazar tashlaylik. U san’atshunoslik fanlari doktori (1960), professor (1962), O‘zRFA akademigi (1984), Strasburg universiteti faxriy doktori (1976), Nemis arxeologiya instituti muxbir a’zosi (1985), Italiyaning O‘rta Osiyo va Uzoq Sharq instituti muxbir a’zosi (1987), Shark mamlakatlari arxitekturasi va xalqaro akademiyalari faxriy akademigi (1993), Tojikiston Respublikasi me’morchilik va qurilish akademiyasi faxriy a’zosi(1995)dir.
    Galina Anatolyevna O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Xamza nomidagi va Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari sovrindoridir. 1992 yilda – “Mustaqillik nishoni medali”, 1994 yilda – “Shuhrat” medali, 1994 yilda — Frantsiyaning “Akademik palma” ordeni, 1995 yilda — “Do‘stlik” ordeni, 2002 yilda — “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5