Puganovskaya Tamara Ivanovna, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 1948 yilning 16 may kuni Krasnoyarsk o‘lkasining Uyar shahrida tug‘ilgan. 1958 yildan beri Toshkent shahrida yashaydi. Shahardagi 149 - maktabini, so‘ng 1973 yilda Toshkent Avtomobil - yo‘llar institutini avtomobil yo‘llari mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Tamara Ivanovnaning yaxshi o‘kigani, ilmga chankoqligi, qolaversa, ko‘nglidagi kamolot sari intilishini sezgan rahbarlik uni institutda olib qoldi. U avtomobiд yo‘llari quriliish va ekspluatatsiyasi kafedrasida assistent bo‘lib ishlay boshladi. 1975 yilda esa unga Moskva Avtomobil - yo‘llar instituti ishlab chiqarish iqtisodi, uni tashkil etish va rejalashtirish kafedrasiga avval malaka oshirishga, so‘ng aspiranturaga o‘qish uchun yo‘llanma berildi. 1984 yilda T. Puganovskaya nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1991 yilda dotsentlik ilmiy darajasiga erishdi. 1987 — 1999 yillarda dekan o‘rinbosari bo‘lib ishlagan bo‘lsa, mana o‘n yildirki, talaba – yoshlarning “Trend” ilmiy to‘garagiga rahbarlik qilmoqda.
Tamara Ivanovna malaka oshirish fakulteti o‘quv jarayonida ham faol ishtirok etadi. Ustoz pedagogik mahoratini oshira borib, Soros fondi qoshidagi Ochiq jamiyat institutining diplomini olgan. Uning 70 dan ortiq ilmiy ishi e’lon qilingan. Shundan qirqqa yaqini ilmiy jurnal va to‘plamlarda, beshtasi esa chet el nashrlarida bosilgan.
Tamara Ivanovna Puganovsqaya doimo o‘quv guruxlari va magistrantlarga rahbarliq qiladi. Talabalar o‘rtasida ma’rifiy ishlar olib boradi. Shu kecha - qunduzda uning qanchadan - qancha shogirdlari Vatanimiz shaxar va qishloqlarida ishlayapti. Ular ustozlar ishi tez - tez eslab turadilar. Ko‘rganlarida u sari oshiqadilar. Faqat eski shogirdlar emas, institut bag‘rida ta’lim olayotgan xozirgi talabalar xam ustoz sari peshvoz chiqadilar va xar gal uni qo‘rganlaridan dillari quvnab ketadi.