O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qanoatov Murodilla

Qanoatov Murodilla     Murodilla Qanoatov 1950 yili Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Iskovot qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan.
    1957 yili Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Zarkent  qishlog‘ida joylashgan 30 - o‘rta maktabga  o‘qishga kirib, 1967 yili mazkur maktabni  oltin medal bilan tugatdi. Shu yili  Toshkent xalq xo‘jaligi  institutining iqtisodiy kibernetika  fakultetiga o‘qishga kirib, 1972 yili  iqtisodchi - matematik  mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan.
    Mehnat faoliyatini 1972 yili Butunittifoq qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti Namangan filialida katta mutaxassislikdan boshlagan.
    1976 - 1979 yillarda mazkur institut aspiranturasida tahsil oldi va 1979 yili taniqli olim, iqtisod fanlari doktori, professor F. Q. Qayumovning ilmiy rahbarligi ostida “Kapital sarflar va asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish” (Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi korxonalari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy kengash a’zolari: akademik K. I. Lapkin, akademik X. M. Jalilov, professorlar A. S. Samutali, V. V. Kim, S. N. Usmonov va boshqalar ilmiy ishga yuqori baho berdilar.
    1979 - 1986 yillarda yuqorida nomi keltirilgan institutning Namangan filialida bo‘lim boshligi bo‘lib  ishladi. Namangan viloyati qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ijtimoiy - iqtisodiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va joriy etish, jamoa va davlat xo‘jaliklarida oilaviy pudratni qo‘llash, buxgalteriya ishlarini mexanizatsiyalash bo‘yicha faol ish olib bordi.
    1986 yili Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Pobeda” davlat xo‘jaligiga ishga yuborildi va xo‘jaliqda 1986 - 1988 yillar mobaynida bosh iqtisodchi vazifasida ishladi.
    M. Qanoatov 1988 yili Toshkent politexnika instituti Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ishga taklif etildi. Olim bu yerda hozirga qadar iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri, dotsenti vazifasida ishlab kelmoqda.
    U 60 dan ortiq ilmiy maqolalar, qo‘lllanmalar va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya5