O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qayumov Abdumalik Hamidovich

Qayumov Abdumalik Hamidovich    Abdumalik Hamidovich Qayumov 1962 yil 20 avgustda Namangan viloyati Pop shavhrida xizmatchi  oilasida tug‘ilgan. 1969 - 1979 yillarda Pop shahridagi 1 - o‘rta maktabda  o‘qigan. 1979 - 1985 yillarda  Namangan shoyi gazlamalari kombinatida  slesar bo‘lib ishlagan va ishlab  chiqarishdan  ajralmagan holda  Toshkent to‘qimachilik  va yengil sanoat  instituti  Namangan filialining kechki bo‘limida o‘qigan. 1985 - 1988 yillarda  mazkur  filialda  assistent  lavozimida ishlagan.
    1989 — 1991 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti aspiranturasida tahsil olgan.
    1994 yilda texnika fanlari doktori professor A. P. Parpiev rahbarligida “Qurituvchi agentning temperaturasini optimallash yo‘li bilan chigitli paxtaning komponentlarini bir tekis quritish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
    1992 — 1998 yillarda Namangan muhandislik - iqtisodiyot institutida assistent lavozimida ishlagan. 1999 yildan Namangan muhandislik - pedagogika instituti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasida dotsent, kafedra mudiri, 2003 yildan agromuhandislik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
    A. X. Qayumov Toshkent davlat texnika universiteti professori J. Ye. Aliqulov va Farg‘ona politexnika instituti professori A. Mirzaevlar bilan hamkorlikda metallarga mexanik ishlov berish rejimini optimallash bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha 3 nafar magistrant uning rahbarligida magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
    Tarmoq mashinasozlik texnologiyasi fanidan yozgan ma’ruzalar matni respublika oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etgan va talabalarga foydalanish uchun tavsiya qilingan.
    A. X. Qayumov A. 25 ta ilmiy maqola, 30 dan ziyod o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalar chop ettirgan. Shuningdek, u 4 ta ixtirosi uchun mualliflik guvohnomasi olgan.
    Olimning 2003 yilda dotsent Omirov A. bilan hamkorlikda tayyorlangan “Mashinasozlik texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5