O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qayumov Aziz Po‘latovich

Aziz  Po‘latovich  Qayumov  qalbidagi  adabiyot  cho‘g‘i u kishining  padari  buzrukvori Po‘latjon  Qayumovdan  o‘tgan.  Po‘latjon  Qayumov  Qo‘qonda  XX  asrning  boshidanoq ma’rifatparvar, adabiyot bilimdoni, tadqiqotchisi, nozikta’b muallim sifatida tanilgan.  Azizxon  Qayumov  ana  shu  inson  xonadonida  1926  yil  19  yanvarda  tug‘iladi.  Bolalik yillaridanoq  ulug‘  shoirlar, ma’rifatparvarlar,  shoirlar,  yozuvchilar,  o‘qituvchilar  suhbatidan bahramand  bo‘lib  boradi.  Shuning  uchun  mumtoz  adabiyotga,  she’riyatga  muhabbat  juda  erta uyg‘ondi va bolakayni o‘z sehriga oladi. Aziz Qayumov mumtoz adabiyot ta’sirida ancha erta  she’r  yoza  boshlaydilar.  Mumtoz  adabiyot  ta’sirida  muxammaslar  bitadi.  Dastlabki  Navoiy g‘azaliga muxammasi 16 yoshida yoziladi.  Aziz  Qayumov  avval  Qo‘qon  neft-gaz  texnikumida  o‘qiydi,  keyinchalik  Toshkentga kelib,  hozirgi  O‘zbekiston  Milliy  universitetining sharqshunoslik fakultetida  ta’lim  oladilar.  Fakultetni tugatganidan to hozirgi kunga qadar ilm bilan , shu bilan birgalikda  rahbarlik ishlari, jamoat ishlari bilah shug‘ullanadilar. Shu kunga qadar ko‘plab ilmiy xodimlar – fan nomzodlari, fan doktorlarini  yetishtirdilar,  shogirdlari  orasida  akademiklar,  davlat  arboblari  mavjud.  Ular filologiya  fanlari  doktori,  professor,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan fan arbobi,    Beruniy nomidagi  O‘zbekiston  Davlat  mukofotining  laureati,  Respublika  Fanlar  Akademiyasining akademigi, ham shoirdirlar.  Aziz Po‘latovich Qayumov ko‘p  yillar davomida Hukumatning mas’ul  lavozimlarida  – bo‘lim boshlig‘i, ilmiy tekshirish institutlariining  direktori, rektor, kino, madaniyat hamda san’at sohasida  vazir  o‘rinbosari,  vazir    kabi  vazifalarda  ishlab  jamiyatimizning  rivoji  uchun  xizmat qildilar.    Muhimi,  yuzlab  ilmiy  maqolalarning,  ko‘plab  ilmiy,  ma’rifiy  asarlarning  muallifi, to‘plamlarning  muharriri,  noshiri,  tarjimoni,  targ‘ibotchisi  sifatida  nafaqat  o‘zbek  fani  va adabiyotining, balki jahon fanining ham rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy merosini avaylab, asrab, uni xalq ongiga singdirishda, targ‘ib qilishda mehnatlari katta.  Hozirgi  zamon  kitobxonining  Navoiy  asarlarini  tushunishlari  uchun  ularning  ilmiy tanqidiy  matnlarini,  sharhlarini,  ilmiy  talqinlarini  umri  davomida  yaratib  keldilar.

Biobibliografiyasi



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

img

«Asarlar» to‘plami VI jild

   

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 2008 yildan boshlab akademik Aziz Qayumovning “Asarlar” ini nashr qilmoqqa kirishdi.

    Ularda olimning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Huvaydo, Furqat kabi yirik o‘zbek adiblarining ijodiga oid asarlari bor ...

img

«Asarlar» to‘plami IX jild

  O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 2008 yildan boshlab akademik Aziz Qayumovning “Asarlar” ini nashr qilmoqqa kirishdi.

   Ularda olimning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Huvaydo, Furqat kabi yirik o‘zbek adiblarining ijodiga oid asarlari bor ...

img

«Asarlar» to‘plami IV jild

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 2008 yildan boshlab akademik Aziz Qayumovning “Asarlar” ini nashr qilmoqqa kirishdi.

    Ularda olimning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Huvaydo, Furqat kabi yirik o‘zbek adiblarining ijodiga oid asarlari bor ...

img

Alisher Navoiy

    O‘zbek adabiyotining asoschisi, yirik mutafakkir Alisher Navoiyning ijodiga bag‘ishlab ko‘plab asarlar bitilgan. Qo‘lingizdagi risola shular qatoridagi bir kichik asar bo‘lishi barobarida unda Navoiyning shoir bo‘lib shakllanishi ...

img

Akademik Ubaydulla Karimov

    Ushbu nashrda akademik Ubaydulla Isroilovich Karimovning muhtaram hamkasblari yozgan xotiralar, olimga bag‘ishlangan she’rlar ham kiritilgan.

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar30



Tabiiy fanlar15



Filologiya35