O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qirg‘izov Xusniddin Turg‘unboyevich

Qirg‘izov Xusniddin Turg‘unboyevich    1966 yil 5 dekabrda  Namangan viloyati  Uychi tumani Uychi qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    1974 - 1984 yillarda  tumandagi 26 - o‘rta maktabda  o‘qigan. Mehnat  faoliyatini 1984 - 1985 yillarda Uychi tuman aloqa  bo‘limida ishlash bilan boshlagan.
    1985 - 1987 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan.
    1988 - 1989 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining tayyorlov bo‘limida o‘qigan va institutga o‘qishga kirgan.
    Institutni 1994 yilda “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlab, Uychi tumani qishloq va suv xo‘jaligi birlashmasida texnik vazifasida ishlagan.
    1996 - 1998 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil olgan.
    1999 - 2002 yillar davomida yuqoridagi institut ning “Sug‘orishni mexanizatsiyalash” sektorida ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
    2000 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot instituti qoshidagi Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashida “Takroriy ozuqa ekinlarini ekish uchun tuproqqa yo‘l - yo‘l ishlov beruvchi ishchi a’zolar o‘lchamlarini asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va texnika fanlar 
    nomzodi ilmiy darajasini oldi.
    2002 - 2003 yillarda Namangan muhandislik - pedagogika institutida katta o‘qituvchi, fakultet dekani muovini bo‘lib ishladi.
    2003 yildan mashinasozlik fakulteti texnologik mashina va jihozlar kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
    H.T.Qirg‘izov 20 dan ortiq ilmiy - uslubiy maqolalar muallifi va 3 ta mualliflik ixtirosi sohibidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5