O‘zbekiston Milliy Universitetining “Informatika va tatbiqiy dasturlash” kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi, fizika-matematika fanlari nomzodi Qobiljonova Firuza Azimovnaga ushbu ilm dargohi juda qadrli va azizdir. Chunki maktabni tugatib, 17 yoshida ilk bora uning ostonasiga qadam qo‘yganiga deyarli 45 yil bo‘ldi. Bugun uning o‘zi talabalarga ustoz, o‘z ilmini shogirdlariga, yoshlarga berayotganidan faxrlanadi. Shu yillar davomida u “EHM va programmalash” kafedrasida assistent bo‘lib, mexanika-matematika fakulteti “Informatika va tatbiqiy dasturlash” kafedrasida katta o‘qituvchi hamda 2013 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy rahbari - professor Aripov Mirsaid Mirsiddiqovich. Ilmiy ish sohasi – “Xususiy hosilali chiziqsiz differentsial tenglamalarni tadqiqot qilish”. “Chiziqsiz masalalarni sonli modellashtirish” mavzularidagi xalqaro va respublika ilmiy anjuman va seminarlarda muntazam qatnashib keladi, uning jami ilmiy va uslubiy ishlari soni 70 tadan ortiq.
Firuza Qobiljonova professor Mirsaid Aripov bilan birgalikda 1 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlagan. Shuningdek, 3 ta ma’ruzalar matni chop ettirgan, o‘qitadigan fanlari bo‘yicha o‘quv - uslubiy majmualar, uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlagan, chiziqsiz masalalarni sonli modellashtirish buyicha MathCAD muhitida tuzilgan amaliy dasturlarga 1 ta patent guvohnomasi olingan.
2012 yilda professor Mirsaid Aripov rahbarligida Matematik modellashtirishning nazariy asoslari ixtisosligi bo‘yicha “Gradient chiziqsizlikka ega bo‘lgan holda issiqlik o‘tkazish jarayonlarini sonli modellashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Universitetning gumanitar va tabiiy fakultetlarida “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Informatika va matematik modellashtirish” umumiy kurslaridan va mexanika - matematika fakulteti talabalariga “Tatbiqiy programma vositalari” maxsus kurslaridan, “Informatsion texnologiyalarni iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llash” fanidan ma’ruza va amaliyotlar olib boradi. Shuningdek, “Informatika va tatbiqiy dasturlash” kafedrasi 3 - va 4 - kurs talabalarining kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlariga hamda magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.
“Amaliy matematika va informatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari Al – Xorazmiy – 2009”, “Al – Xorazmiy – 2012”, “Al – Xorazmiy – 2014” xalqaro ilmiy konferentsiyalari Toshkentda O‘zbekiston Milliy universiteti “Informatika va tatbiqiy dasturlash” kafedrasi tomonidan o‘tkazildi. O‘shbu konferentsiyalarni tashkil qilish va o‘tkazishda tashkiliy qo‘mita a’zosi bo‘ldi va ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Qobiljonova Firuza Azimovna 2009 - 2013 yillar “Kompyuternoe modelirovanie, vizualizatsiya nelineyniyx protsessov, opisыvaemыe uravneniyami i sistemami tipa reaktsii - diffuzii i Kleyna - Gordona, nekorrektnyu zadachi dlya abstraktniyx differentsialniyx uravneniy” nomli respublika miqyosidagi ilmiy byudjet ishida, “Kompyuternoe modelirovanie raspredelennoy sistemn intellektualnogo obucheniya matematike” amaliy byudjet ishida ishtirok etdi. “Kolmogorov - Fisher tipidagi nochiziqli biologik populyatsiya tizimlarini sonli modellashtirish” byudjet loyihasi ilmiy guruh ishtirokchisi sifatida ilmiy loyihalarda ishtirok etdi.
Firuza Qobiljonova fakultet jamoat ishlarida doimo faol qatnashib keladi, 1997 - 2012 yillar davomida fakultet Ilmiy kengashi kotibasi faoliyatini olib bordi. Hozirgi vaqtda Mexanika - matematika fakulteti sifat komissiyasi a’zosi.
Olimaning ilmiy ishlari sohasi - Chiziqsiz masalalarni sonli modellashtirish, Informatika va axborot texnologiyalari, Multimedia texnologiyalari, Informatsion texnologiyalarni ta’limda qo‘llash.
Qobiljonova Firuza Azimovnaning ahamiyatli ishlari: Kabiljanova F. A.,Varlamova L. P., Xamedova N. A. Intellektualnoe obuchenie matematike s primeneniem informatsionniyx i pedagogicheskix texnologiy. Matematika, fizika, informatika, kimyo va biologiya fanlaridan I ilmiy - ijodiy konferentsiya materiallari. Toshkent 2014.; Varlamova L. P., Qabiljanova F. A. Metodicheskie ukazaniya po kursu “Primenenie informatsionniyx texnologiy v ekonomicheskix zadachax”. Natsionalniyx universitet O‘zbekistana imeni Mirzo Ulugbeka. Tashkent 2014 g; Kabiljonova F. A Varlamova L. P.”Informatsion texnologiyalarni iqtisodiy masalalarga qo’llash” uslubiy ko‘rsatma.