Fizika - matematika fanlari nomzodi
1965 yil 24 oktyabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. 1982 yili Toshkent davlat universitetining matematika fakultetiga o‘qishga kirgan, 1983 - 1985 yillari harbiy xizmatga safarbar etilgan. 1985 yildan o‘qishni davom ettirib, 1989 yili universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
1991 - 1993 yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika institutida izlanuvchi - tadqiqotchi, keyin aspirant sifatida ilmiy izlanishlar olib bordi.
1996 - 1997 yillari matematika instituti algebra va analiz bo‘limining kichik ilmiy xodimi lavozimida ishladi. 1197 yili O‘zR FA akademigi, professor Sh. A. Ayupov ilmiy rahbarligida “Subbadditivnыe merы na yordanoviyx algebrax” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
1997 - 2003 yillari umumiy matematika va matematika o‘qitish uslubiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi va dotsenti lavozimida, so‘ngra 2002 - 2004 yillari umumiy matematika va matematika o‘qitish uslubiyoti kafedrasi mudiri, 2004 - 2006 yillari FarDU marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishladi
2006 yildan umumiy matematika kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.