Akademik, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sarvar Muqadirovich Qodirov oliy ta’lim tizimida 57 yildan buyon samarali mehnat qilayotgan, avtotransport, avtomobilsozlik va yo‘l kommunikatsiyalari sohalariga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan taniqli olimdan. Sarvar Qodirov 1940 yil 11 fevralda Toshkent shahrida tavallud topdi. Otasi Muqadir ota kolxozda do‘kondor, onasi Hojiya aya uy bekasi bo‘lib, “o‘zimiz o‘qiyolmadik, bolalarimiz o‘qib, katga odam bo‘lishsin” deya niyat qilishdi. Farzandlari: Baxtiya (uy bekasi), Anvar (Aloqa vazirligi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan), Gulnora (Vazirlar Mahkamasi Ekspluata¬tsiya bo‘limi ishchisi bo‘lgan), Marvar (Turin instituti professori) va Sarvarlar hayotda o‘z yo‘llarini topib, elning yukini ko‘tarishga yaraydigan insonlar bo‘lishdi. Sarvar maktabni a’lo baholarga tugatdiyu, Toshkent politexnika institutiga o‘qishga kirdi. Uni 1962 yili muvaffaqiyatli tamomlab, shu institutda avtomobil ekspluatatsiyasi kafedrasida assistent bo‘lib ishga qilindi. Yillar yigitni harakatiga yarasha taqdirladi: 1963 - 1968 yy. Moskva avtomobil instituti dvigatellar kafedrasi stajyor pedagochi, maqsadli aspiranti, 1968 - 1969 yy, Toshkent politexnika instituti avtomobillar kafedrasining assistenti, 1969 - 1970 yy katta o‘qituvchisi, 1970 — 1971 yy. dotsenta, 1971 - 1972 yy - avtotransport ekspluatatsiyasi kafedrasining dotsenti, 1972 - 1986 yy. Toshkent avtomobil - yo‘llar instituti avtotraktor dvigatellari kafedrasining dotsenti, 1986 - 1995 yy. avtomobillari ishlab chiqarish va ta’mirlash kafedrasi mudiri, professor, 1995 - 1995 yy. o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 1995 - 2005 yy institut Rektori, avtotraktor dvigatellari kafedrasi¬ning mudiri, 2005 - 2013 yy — avtotraktor dvigatellari kafedrasi professori, 2013 - 2016 yy avtotraktor, dvigatellari va transport ekologiyasi kafedrasi professori, 2016 - 2018 yy Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash ekspluatatsiyasi instituta avtomobil transporta ekspluatatsiyasi kafedrasi professora darajasiga sazovor bo‘ldi. 1995 - 2005 yillar davomida Rektor sifatida Toshkent avtomobil - yo‘llar institutini O‘zbekistondagi eng nufuzli, jahonga taniqli institutlardan biri qatoriga olib chiqdi va 5 ming kishilik jamoaga odilona rahbarlik qildi. Shu davrda institutining maxsus guruhlarida O‘zbekiston avtosanoati, avtotransporta va yo‘l kompleksi taqdirini belgilaydigan 250 ta iqtidorli bakalavr va 200 ta magistrlar tayyorlandi. Ular ASPI, Angliya, Germaniya, Yaioniyadagi kabi yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tsitildi. Har Yili 20 - 30 talaba dip¬lom ishlarini va dissertatsiyalarini ingliz tilida himoya qildilar. Rektor sifatida “O‘zbekiston avtotransporti” korporatsiyasi, “Tosh shahar yo‘lovchi trans”, “O‘zavtoyo‘l”, “O‘zavtosanoat”, “Toshqurilishtrans”, “Navoiy tog‘ - metallurgiya kombinata” va “Toshmetrostroy”, “Avtomagistral” uyushma, korporatsiya va kompaniyalari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular homiylik tarzida institutga 10ta avtomobil sovga tsildilar va yuz millionlab yordam puli o‘tkazib berdilar. S. Sodirovning “Avtomobilniye i traktorniye dvigateli” darsligi 1990 Yili “O‘qituvchi” nashriyotida 5000 nusxada nashr kilindi va ushbu darslik 1995 yilning fevralida Tehron (Eron Islom Respublikasi) da bo‘lib o‘tgan Al - Xorazmiy nomidagi II Jahon ilm - fan festivalida sovrinli o‘rinlarga munosib deb topildi. S. Qodirov 2003 yilda MADI va MAMI texnika universitetlari rektorlarining iltimosiga muvofits qizi Oydin Qodirova (ingliz tilini mukammal biladi) bilan ham mualliflikda “Russko - angliyskiy avtotraktorniy slovar” (50 b.t.) yaratgan va u Rossiya texnika universitetlarida amalda qo‘llanilmoqda. Xozirgi kunda “Russko – angliyskiy - uzbekskiy texnicheskiy slovar” (120 b.t.) yaratildi. Uning “Avtomobilniye i traktorniye dvigateli” darsligi (32 b.t) 2007 yilda Moskvada chop etildi va Rossiya universitetlariga darslik sifatida tavsiya qilindi. Ushbu darslik 2013 yilda Hindistonda ingliz talida “INTERNAL COMBUTSION ENGINES” nomida chop etildi va dunyo bo‘ylab tarqatildi. S. M. Sodirovning 40ga yaqin risola, ocherk, qissa, roman va boshqa risolalari chop etilgan. Uning romanlari rus va ingliz tillarida Rossiya va Amerikada nashr qilindi. Olimning rahbarligida 3 fan doktori, 9 fan nomzodi va 20 dan ortiq magistrlar tayyorlangan. Sarvar Qodirov va A’loxon opa (marhum professor) ning farzandlari: Nigoraxon (ilmiy xodim RS, 5DD) va Oydinxon (professor RS, 5DD) dunyo tanigan olimlardir. Barchaga ham shunday ilm taxta nasib etsin!