O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qodirov Shavkatbek Mahmutovich

Qodirov Shavkatbek Mahmutovich   Shavkatbek Mahmutovich Qodirov 1948 yil 9 dekabrda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida tug‘ilgan.
    1966 yilda  O‘sh shahridagi  21 - o‘rta maktabni tamomlab, 49 -  avtobazada chilangar bo‘lib  ish boshladi.    
    1967 - 1969 yillarda  harbiy xizmatda  bo‘lgan.
    1970 yilda  Toshkent  davlat universitetining fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1975 yilda  o‘qishni  tamomladmi va  yo‘llanmam asosida  O‘zbekiston Respublikasi FAning Elektornika institutida muhandis  lavozimida ish boshladi.
    1979    yildan Toshkentdagi “Foton” ishlab chiqarish firmasida muhandis bo‘lib ishladi.
    1980    yildan Toshkent politexnika instigugining Namangan filialining (hozirgi NamMPI) “Chizma - chilik va chizma geometriya” kafedrasida katta laborant, 1981 yildan fizika kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib bordi.
    1983 yildan 1984 yilgacha Leningraddagi (Sankt- Peterburg) A. F. Ioffe nomli fizika - matematika institutida ilmiy - tadqiqotchi sifatida izlanishlar olib bordi. 1984 yildan Toshkent politexnika institutining Namangan filialining (hozirgi NamMPI) fizika kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qaytdi.
    Kafedrada mustaqil izlanuvchi - tadqiqotchi sifatida “Oliy maktabda o‘qitishning integratsion shakli bo‘lgan yakka - guruh usullarining pedagogik asoslari” mavzusida ilmiy ish olib borib, 1991 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida (hozirgi ToshDPU) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1994 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishladi.
    1996 - 1999 yillarda Namangan “Mexmash” hissadorlik jamiyatida muhandis - texnolog lavozimida ish olib bordi.
    1999 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik- pedagogika institutida pedagogika va pedagogik texnologiya kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi, 2001 yildan malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetida dekan lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Olim pedagogik mahorat va yangi pedagogik texno -  logiyalar hamda magistratura talabalari uchun maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanlaridan bir necha ma’ruza matnlari tayyorlab chop ettirgan.
    U 20 dan ortiq ilmiy - uslubiy maqolalar muallifidir. 2004 yilda Malayziya davlatida ilmiy safarda bo‘lib, o‘z malakasini oshirib keldi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10