Qodirova A’lo Rasulevna O‘zbekiston avtomobil yo‘llari soxasidagi yagona o‘zbek olimasidir. U 1938- yilning 19 iyunida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Otasi Eshonxo‘jayev Rasul O‘zbekiston madaniyatiga katta hissa qo‘shgan inson. Afsus 1943 yilda II jaxon urushi tufayli olamdan o‘tgan. Onasi Iqbolxon kombinatda ishchi bo‘lib ishlagan.
A’lo Rasulevna 1946 yilda 75-o‘rta maktabni a’lo baholarga bitirib, shu yili O‘rta Osiyo Politexnika institutida ilk bor ochilgan “aloqa yo‘llari muxandisi” ixtisosligiga kirib o‘qidi. 1961 yili institutni a’lo baxolarga bitirdi.
U maqsadli aspiranturani Moskva avtomobil - yo‘llar institutida tugatgan. 1965 yildan boshlab o‘zining pedagogik faoliyatini Toshkent Politexnika institutida tamomlagan. 1969 yili Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1973 yildan dotsent, 1976—1986 yillar davomida Avtomobil yo‘llarini loyihalash kafedrasi mudiri lavozimida, 1996 yildan esa TAYI professori lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada mehnat qilayotgan yo‘l xizmati hodimlarining to‘qson foizi uni o‘z ustozi deb biladilar.
2000 yilda A’lo Rasulevnaga yo‘l sohasiga qo‘shgan hissasini e’tiborga olib, Moskva avtomobil - yo‘llar instituti (Davlat texnika universiteti)ning faxriy professori unvoni berildi. Bu unvon ham yagona o‘zbek olimasiga berilgan. Olima ikki tomlik “Avtomobil yo‘llarini loyihalash” darsligini mualliflik darajasida o‘zbek tiliga tarjima qilgan va o‘zbek talabalari birinchi marta o‘z ona tillarida shu darslikdan bilim olmoqdalar. Bu kitob 2003 yilning eng yaxshi darsligi deb tan olindi. Ayni vaqtda o‘quv adabiyoti muallifi Respublika tanlovida uchinchi darajali diplomga sazovor bo‘ldi.
A’lo Rasulevna “Yevropa injener pedagogi” va “Xalqaro yuk tashish bo‘yicha pedagog” sertifikatlariga ega. 70 dan ortiq ilmiy maqolalar va uslubiy qo‘llanmalar olimaning qalamiga mansub.
U yo‘l xo‘jaligi uchun “Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2-05.11—95”, “Avtomobil yo‘llari” o‘zbekcha - ruscha nashri, “Ichki xo‘jalik yo‘llari” o‘zbekcha - ruscha nashri, bir necha soha qurilishi me’yorlari, xavfsiz harakatni ta’minlash borasida uslubiy tavsiyanomalar hammuallifi. Uning rahbarligida o‘nlab ilmiy ishlar olib borilgan va borilmokda. Bu ilmiy izlanishlar yo‘l sohasining rivojiga, Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Olimaning shogirdlari orasida bir necha fan doktori, rahbarlik lavozimida ishlayotgan dovrug‘li kishilar borki, ular bilan faxrlansa arziydi. Har gal ular uchrashganlarida “A’lo Rasulevna, omonmisiz?” deb hol - ahvol so‘raydilar va unga omonlik tilaydilar.
A’lo Rasulevna ikki ajoyib farzandning onasi va ikki nabiraning buvijonisi. Turmush o‘rtoqlari S.M. Qodirov ham qo‘zga ko‘ringan olim inson. 
