O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qodirova Dilbar

Qodirova DilbarBiologiya fanlari nomzodi

    “Ilm - saodatga yo‘llovchi mash’al” deyishadi aqli donishlarimiz. Qahramonimiz Dilbar Qodirova ham hayotiga ilmni mash’al qilgan olima. U 1965 yil 26 dekabrda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ziyolilar oilasida tavallud topdi. Otasi Normo‘min Qodirov (Termiz shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan, marhum), onasi Noroy Omonova (maktab o‘qituvchisi bo‘lgan) lar farzandlarining farosatli, andishali va ilmli bo‘lishlarini Yaratgandan tilashgan edi...
    Dilorom, Barno, Ulug‘beklar - o‘qituvchi, Tugal, Mengnoralar- xamshira, Rustam esa huquqshunoslikni tanladi. Oilaning tung‘ichi — Dilbarxon maktabni bitirdi - yu, 1982 yili Tojikiston davlat universitetiga o‘kishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyatli yakunlagan Dilbar ona yurti Surxondaryoga qaytdi. U 1987 yili Termiz dav¬lat universitetiga ishga kirdi. 1987 - 1993 yil Termiz davlat universiteti pisixologiya kafedrasi katta laboranti, 1993 - 1994 yil Biologiya fakulteti Botanika kafedrasi katta laboranti, mazkur fakultetning sirtqi bo‘limi dekani o‘rinbosari, Botanika va kishloq xo‘jaligi asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, kafedra mudiri va 2015 yildan buyon Biologiya kafedrasi dotsenti, universitet xotin - qizlar qo‘mitasi va viloyat “Olima” ayollar uyushmasi raisasi lavozimlarida ishlab kelmoqda. Olimaning o‘simliklar fiziologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun 10 dai ortiq uslubiy ko‘llanma va 40ta ilmiy ishlammalari chop etildi. Ilmiy ishlari O‘zbekistonning “Biologiya” jurnalida, Turkiyaning “Soil – Bater” jurnalida, O‘zMU xabarlari jurnalida, Dubay, Ros¬siya, Germaniya, Qozog‘iston, LQP1 kabi mamlakatlarning nufuzli jurnallarida yoritildi. Dilbar Normo‘minovna 2009 yili 
    “Bug‘doy ning ayrim tur ichidagi formalarining o‘sishi va rivojlanishi  o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximiya qildi. Olima o‘simliklar fiziologiyasi, botanika bo‘yicha o‘z ilmiy tadkiqot yo‘nalishida bajarilgan dissertatsiyalarga taqrizlar yozadi. D.NLo‘odirova hozirda “Surxondaryo tuproq iqlim sharoitida qurg‘oqchilikka moslashgan bug‘doy navlarining hosildorligini oshirish” mavzusida doktorlik ishi ustida ilmiy — tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Olima 2015 – 2016 - o‘quv yilida ilmiy tadqiqot ishlariga bag‘ishlagan professor - o‘qituvchilarning ilmiy nazariy konferentsiyasida qatnashib, 1 - o‘rinni egallab, universitet rektori tomonidan Faxriy Yorliq bilan taqdirlandi. Dilbar Qodirova fidokorona mehnatlari uchun “Eig yaxshi kafedra mudiri”, “Tabiiy fanlar” ta’lim sohasi yo‘nalishida “Eng yaxshi pedagog tadqiqotchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. D.Qodirova Surxondaryo tajriba stantsiyasida “Mevali ekinlar va uzum genofondini saqlash” shuningdek, “Surxondaryo viloyatining ekstrema! sharoitiga bardoshli, o‘rta va ingichka tolali kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega tabiiy uzun tola beradigan erta pishar, serhosil g‘o‘za navlarini yaratish” mavzusidagi loyihada ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borayotganligi ham kuvonarlidir. Dilbar Normo‘minovna universitet jamoasi orasida talabchanligi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, ilmiy salohiyati yuksakligi hamda adolatli pedagog sifatida e’tirofga loyiq. Olima 2017 yilda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Yil ayoli” ko‘rik tanlovining g‘olibi bo‘lgan. Hozirda u Surxondaryo viloyati “Olima ayollar” kengashi va universitet boshlang‘ich xotin - qizlar qo‘mitasining raisi sifatida xam yangi - yangi rejalarga boshchidir.
    Dilbarxon - oilasida sevimli beka, jonkuyar ona. Umr yo‘ldoshi Abdurasul aka (tadbirkor) bilan qizlari  Farida, Dilafro‘z, Maftunalarni to‘kis qilib tarbiyalashgan. Ular ham oliy ma’lumotli, ma’naviyati yuksak insonlar bo‘lib, bukun el xizmatidalar. Ayol uchun sevimli ish, tinch oila va sodiq do‘stlar bo‘lsa, omad degani - shu, emasmi!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10