O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qodirova Dilfuza

Qodirova  Dilfuza    Mustaqil yurtimizning har tomonlama yetuk, ilmli, jamiyat tarakqiyotiga, ilm-fan ri- vojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan olima ayollarining yutuqlari, olib borayotgan ishlari, shijoatini ko‘rib ko‘zlarimiz quvnaydi, dillarimiz yayraydi. Beixtiyor ulardan faxrlanamiz. Ana shunday fidoyi olima ayollardan yana biri Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti Qodirova Dilfuza Ne’matovnadir.
    U 1986 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini "To‘quvchilik texnologiyasi" mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1988 - yildan mazkur oliygohning "To‘quvchilik texnologiyasi" kafedrasi assistenti lavozimida ishladi. Aspiranturasida tahsil olib, 2002 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda "Issledovanie i stabilizatsiya natyajeniya nitey osnovы na beschelnochnыx tkatskix stankax" mavzusida "To‘qimachilik materiallari texnologiyasi" ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dis- sertatsiya ishini himoya qilgan. Shundan so‘ng "To‘qima texnologiyasi va dizayni" kafedrasi assistenti, "To‘qima va trikotaj texnologiyasi va dizayni kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2012 yildan "To‘qimachilik matolari texnologiyasi" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    Dotsent Dilfuza Qodirova kafedrada "Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi" yo‘nalishidagi bakalavriatura talabalari uchun "Maxsus texnologiya", "Texnologik jarayonlarni loyihalash", "To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari", "To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi" mutaxassisligi magistratura talabalari uchun "To‘qima tuzilishi nazariyasi" "To‘qimachilik sanoati buyumlarini badiiy loyihalash" mutaxassisligi magistratura talabalari uchun "To‘qima loyihalashning zamonaviy usullari" fanlaridan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlarini olib boradi. Talabalarning qurs loyiha, bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiya ishlariga rahbarlik qiladi.
    Kafedraning o‘quv-uslubiy majmuasini shakllantirishda, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda faol qatnashadi. Jumladan, "To‘quvchilik maxsus texnologiyasi va jihozlari", kasb-hunar kollej o‘quvchilari uchun darslik; "To‘qima loyihalashning zamonaviy usullari", "To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi" va "To‘qimachilik sanoati buyumlarini badiiy loyihalash" mutaxassisligi magistratura talabalari uchun darsliklari hammuallifi.
    Olima 50 dan ziyod ilmiy maqolalar e’lon qilgan va 3 ta ixtironi rasmiylashtirgan. Dilfuza Qodirova "To‘qimachilik matolari texnologiyasi" kafedrasidagi yetakchi olimlar tomonidan shakllantirilgan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maktabi faoliyatining davomchisi.
    Dotsent Dilfuza Ne’matovna hozirgi kunda mahalliy xom ashyodan mavjud to‘quv dastgohlarida yangi to‘qima tuzilishiga ega tashuvchi tasmalar turini ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini va taxtlash omillarini muqobillashtirish, iste’mol xususiyatlari va sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishga qaratilgan «Optimizatsiya parametrov stroeniya novыx struktur transporternыx lent i texnologiya ix vыrabotki» mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
    Dilfuza Qodirova dars o‘tishdagi pedagogik mahorati, chuqur ilmi, keng dunyoqarashi, muomalasi, samimiyati, mehnatsevarligi bilan hurmat qozongan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar30



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar60



Filologiya5