O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Durdona Qodirova

Durdona  Qodirova    Iqtisod fanlari nomzodi, "Ijtimoiy fikr" Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi katta ilmiy xodimi Qodirova Durdona Fayzievna 1975 yilda Toshkent Xalk xo‘jaligi institutining (Hozirgi TDIU) "Sanoat iqtisodiyoti" kafedrasining maqsadli aspiranturasi kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kiradi. Ushbu oliy o‘quv yurtini tamomlagach, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutiga yo‘naltiriladi va u yerda 1993 yilgacha katta laborant, kichik va katta ilmiy xodim lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini yuritadi. Ishlab chiqarish sanoati samaradorligini belgilash bilan bog‘liq dissertatsiya tadqiqoti ustida ish olib borishdan tashqari Durdona Qodirova akademik Ra’no Ubaydullaeva rahbarligi ostida Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va respublika ilmiy-tadqiqot institutlari tarmoqlariga tegishli ilmiy-tadqiqot ishlarini (NIOKR) muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy fanlar bo‘yicha Muvofiqlashtirish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining barcha ilmiy muassasalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishida tasdiqlanadi va  keyinchalik, o‘tkazilgan tadqiqot ishlarida bir-birini takrorlash holatlarini bartaraf etish, hamda ilmiy maktablarning muhim va tarmoq masalalarini bajarishga safarbar qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalish bilan bir vaqtning o‘zida Durdona Qodirova respublika ilmiy salohiyati samaradorligini aniqlash ustida ish olib boradi, direktiv idoralarga taqdim etish uchun kelib tushayotgan materiallarni umumlashtirishda ishtirok etadi. Olib borilgan ishlar natijasida "Mamlakat ilmiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish" hammualliflik monografiyasi tayyorlanadi.
    Nomzodlik ilmiy ishida mamlakatda avtota’mirlash ishlab chiqarish holatini o‘rganishda iqtisodiy-matematik uslublarini qo‘llash asosida amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash yo‘li bilan takomillashtirish bo‘yicha, ya’ni rivojlanishning intensiv yo‘llarini ochib beruvchi ilmiy va amaliy tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari "2000 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnik taraqqiyoti Kompleks dasturi"ning "O‘zbekiston avtota’mirlash ishlab chiqarishi holati va rivojlanish istiqbollari" bo‘limida o‘z aksini topdi hamda bir qator tarmoq ilmiy institutlari talabiga javob berdi.
    Durdona Qodirova 1999 yildan buyon "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazida katta ilmiy xodim, so‘ng  "Informatsion tadqiqotlar va xalqaro aloqalar" bo‘limi mudiri lavozimlarida ish yuritmoqda. Olim kontent-tahlil sotsiologik uslubini qo‘llash yordamida ommaviy axborot vositalari holatini o‘rganishda jamoatchilik fikri sotsiologiyasi doirasida ilmiy faoliyatini davom ettirdi. Ushbu davr mobaynida uning bevosita boshqaruvi ostida O‘zbekiston davriy nashrlarining mamlakatimiz dolzarb masalalari yoritishini tadqiq etuvchi 100 dan ortiq monitoringlar tayyorlandi. Bundan tashqari, "Respublika matbuotining ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat masalalarini yoritish monitoringining uslubiy asoslari" (2011 y.), "Teleradio kanallari va bosma OAV jozibadorligini oshirish maqsadida aholining axborotga bo‘lgan ehtiyoj va talablarini o‘rganishga uslubiy yondashuv" (2016 y.) kabi bir qator maqolalari, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi.
    Shuningdek, Qodirova Durdona Fayzievna "Ijtimoiy fikr" Markazida akademik Ra’no Ubaydullaeva rahbarligida faoliyat olib boruvchi YuNYeSKOning MOST Dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qo‘mitasining mas’ul kotibi lavozimida faoliyat yuritadi. 2010 yilda Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari yuzasidan ijtimoiy va gumanitar fanlar sektori (YuNYeSKO)ning Faylasuf ayollar xalqaro tarmog‘ini tuzishga bag‘ishlangan chaqirig‘iga Milliy qo‘mita tomonidan O‘zbekistonning 64 nafar faylasuf olima ayollari haqidagi ma’lumotlarni qamrab oluvchi zaxira tuzildi va YuNYeSKOning xalqaro saytiga joylashtirildi. Bu, o‘z navbatida, 2011 yilda Toshkent shahrida "O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish kontseptsiyasini amalga oshirishda falsafaning o‘rni" mavzusidagi respublika konferentsiyasini o‘tkazishga imkon yaratdi.
    Ish faoliyatidagi muvaffaqiyatlari uchun Durdona Qodirova "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil to‘lgani munosabati bilan" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar60



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar20



Filologiya10