O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qodirova Xadicha To‘raevna

Qodirova Xadicha To‘raevna    Xadicha To‘raevna Qodirova 1964 yil 15 martda Namangan shahrida  ishchi oilasida tug‘ilgan.
    1971   yilda  shahardagi 31 - o‘rta maktabga  o‘qishga kirib, 1981 yili  uni oltin  medal  bilan tugatgan. Shu yili Toshkent xalq  xo‘jaligi  institutining  “Savdo iqtisodi” mutaxassisligiga o‘qishga kirdi va uni 1985 yilda  tamomladi.
    Mehnat faoliyatini 1985 yilda Namangan vildoyati savdo  boshqarmasida  tovarshunos  sifatida  boshladi.
    U 1999 yilgacha shu boshqarmada tovarshunos, iqtisodchi va reja bo‘limi boshlig‘i vazifalarida ishladi.
    1999 — 2002 yillarda Namangan muhandislik - pedagogika instituti aspiranturasining sirtqi bo‘limida akademik M. Sh. Sharifxo‘jaev rahbarligida tahsil oldi va 2002 yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya - bank akademiyasining maxsus kengashida “Moliya bozorini takomillashtirishning ayrim maealalari” mavzusida “Moliya, pul muomalasi va kredit” sohasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    1999 yilda Namangan muhandislik - iqtisodiyot institutining moliya kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ish boshladi. 2002 yildan boshlab dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqtsa.
    X. T. Qodirova hozirgacha 24 ta ilmiy va 7 ta uslubiy ishlarni chop ettirgan. Ulardan “Fond bozorida banklarning faoliyati”, “Sug‘urta bozorini takomillashtirish”, “Hissadorlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish”, “Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida munitsipial obligatsiyalarni amalga kiritish zarurligi” kabi mavzulardagi ilmiy - tadqiqot natijalari nafaqat respublikamizda, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Klrg‘iziston davlatlarida ham chop etilgan. Shu bilan birga ular respublika Davlat mulk qo‘mi tasi va uning Namangan bo‘limida qo‘llash uchun tavsiya etilgan.
    Olima hozirgi kunda akademik M. Sh. Sharifxo‘jayev rahbarligida “Moliya bozorini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.
    “Moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar” va “Moliyaviy menejment” fanlari bo‘yicha yozilgan o‘quv qo‘llanmalari oliy o‘quv yurtlari va kasb - hunar kollejlari talabalariga dars o‘tish jarayonida qo‘llanilmoqtsa.
    X. T. Qodirova faol jamoatchi hamdir. U institut xotin - qizlar qo‘mitasi a’zosi va viloyat “Olima ayollar” uyushmasi faollaridan biridir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5