O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qodirova Xurshida

Qodirova  Xurshida    Qodirova Xurshida Botirovna yosh bo‘lsa - da, mehnatlari, intilishlari, ilmiy - izlanishlari natijasi o‘z sohasining yetuk mutaxassislari izidan borib, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi, o‘zi hamisha havas qiladigan ustozlari yonidan joy olib, pedagog bo‘ldi. Oldinda esa uni yanada ko‘proq yumushlar, ilmning hali u o‘rganib ulgurmagan qirralari, ko‘pgina vazifalar kutmoqda. Muhimi yosh olimaning qalbida hali orzulari bir olam, yuragida olov, o‘ziga ishonch bor.
  Respublika “Nafis san’at” litseyini bitirgan Xurshida Qodirova 2000 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. Hamisha har narsaga qiziquvchan va tinib-tinchimas Xurshida asosiy darslardan chetlanmagan holda ikki yillik Tibbiy hamshiralar tayyorlash kursini va Respublika Til ta’limi markazining 3 oylik ingliz tili kursini bitirdi. Albatta, bu qo‘shimcha sohalar ayol uchun oilada va ilmiy faoliyatida qo‘l kelishi shubhasiz.
  Qodirova Xurshida 2005 - 2007 yillar UzMUning Jurnalistika fakultetining “Oliy jurnalistika kursi”da o‘qib, magistrlik darajasini oldi. Amaliyot davrida “Ma’rifat” gazetasida jurnalistika sohasida tajribasini oshirdi. Shu yili universitetning o‘zbek filologiyasi fakultetining aspiranturasiga o‘qishga kirdi va nashriyot bo‘limida muharrir lavozimiga ishga qabul qilindi. 2010 yili aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlab, nomzodlik darajasini olish uchun dissertatsiya yuzasidan rejalarini amalga oshirishga kirishdi va “Dono word” o‘smirlar jurnalida mas’ul kotib bo‘lib ishladi. 2012 yili dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi.
  Xurshida Botirovna 2013 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tillar va adabiyot kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishladi. Pedagogik faoliyati davomida tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etib, hamkasblari va talabalarning hurmat - e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Uslubiy qo‘llanma va maqolalar chop ettirib, ilmiy faoliyatini rivojlantirib bordi. Ayni paytda olima 1 ta risola, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta lug‘at, 12 ta ilmiy maqola va 17 ta ilmiy anjuman to‘plamlarida tezislar (shulardan 3 tasi chet elda) chop ettirgan.
  2014 - 2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan yosh olimlar uchun byudjet loyihalar bo‘yicha e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikki yilga mo‘ljallangan mazkur tadqiqot “Milliy, amaliy va tasviriy san’at atamalarining qisqacha o‘zbekcha, ruscha, inglizcha izohli lug‘ati” bo‘lib nashr ettirildi.
  Xurshidaxon oilali, 1 nafar farzandi bor.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya80