Falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro pedagogik ta’lim akademigi Qodirova Zuhra Rashidovna yurtimizning ilm fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan ilg‘or olima ayollardan.
1987 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining I. Mo‘minov nomidagi “Falsafa va huquq” institutida quyidagi lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirdi: kichik ilmiy xodim, ilmiy hodim, so‘ngra attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, keyinchalik bosh ilmiy xodim.
2000 yilda “Jamiyatni har tomonlama isloh qilish sharoitida O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy faolligini oshirish muammolari” mavzusida ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning rahbarligi ostida 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlandi, himoya qilindi va tasdiqlandi.
Professor Zuhra Qodirova ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari:
1. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati: muammolar va istiqbollar. 2. Yoshlarning ta’lim darajasini oshirish. 3. Jamiyatni har tomonlama isloh qilish sharoitida O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy faolligini oshirish muammolari. 4. O‘zbekiston xotin - qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning ijtimoiy - falsafiy jihatlari. 5. Yoshlar ijtimoiy faolligini va tolerantligini oshirish fuqarolik jamiyatini barpo etish omili sifatida. 6. Tolerantlik muammolari va rivojlanishining globallashuvi. 7. Yoshlarda zamonaviy dunyoqarashni va milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish jarayonida mafkuraviy immunitetni shakllantirish muammolari. 8. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasining ijtimoiy - ma’naviy jihatlarini taxlil qilish va amalga oshirish nuqtai nazaridan tolerantlik muammolari. 9. O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy - axloqiy, kontseptual falsafiy muammolari tahlili.
Qodirova Zuhra Rashidovna 2005 yildan boshlab hozirgi paytgacha DFTQning ilmiy - texnik dasturlari doirasida asosiy, innovatsion va amaliy byudjetlarni amalga oshirish ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda:
2011 - 2012 yillarda “Yoshlarda milliy o‘zlikni, zamonaviy dunyoqarashni rivojlantirish jarayonida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari” mavzusidagi ishga byudjet rahbar;
2015 - 2017 yillarda “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy - axloqiy, kontseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi ishga byudjet rahbari.
Bir necha yillar davomida Zuhra Qodirova Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti, Buxoro yuqori texnologiyalar texnika instituti, G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialining FGBOU bo‘limi o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni kengaytirishda va hamkorlikda ishlar olib borishda faol ishtirok etib kelmoqda.
2008 yildan bugungi kunga qadar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Ixtisoslashtirilgan Kengash a’zosi.
2006 - 2015 yillar davomida Zuhra Rashidovnaning tashabbusiga ko‘ra Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida u rahbarlik qilayotgan byudjetlar mavzulari bo‘yicha xalqaro, respublika ilmiy - nazariy va ilmiy - amaliy konferentsiyalari tashkil qilib, o‘tkazilgan. Ushbu anjumanlar materiallari har yili uning tahriri ostida ilmiy to‘plamlar sifatida chop qilinib kelmoqda.
Professor Zuhra Rashidovna tomonidan olib borilgan ilmiy tadiqiqot ishlarining mazmuni 200 dan ziyod ilmiy nashrlarda: 9 ta monogafiya, to‘plamlar, xalqaro, hududiy, respublika miqyosidagi konferetsiyalar, kongresslar, simpoziumlar materiallarida, xorijiy jurnallar va O‘zbekiston Respublikasi jurnallarida aks ettirilgan.
Ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan yetuk olima o‘zining chuqur bilimi, ilm - fan sohasida erishgan yutuqlari, ustoz sifatidagi mahorati, tashkilotchilik qobiliyatidan tashqari olijanob fazilatlari, samimiyligi, kamtarinligi, o‘zgalar fikriga quloq tuta bilishi, irodasi bilan katta hurmatga sazovor olima.