O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Qoriyev Narimon Nurmatovich

Biologiya fanlari  nomzodi, dotsent

    1935 yil  28 aprelda  Marg‘ilon  shahrida  tavallud  topgan. O‘rta  maktabni  tamomlagandan  so‘ng , 1955 - 1959  yillarda  Farg‘ona  davlat pedagogika  institutining  jismoniy tarbiya  fakultetida  o‘qib,  jismoniy tarbiya , odam  anatomiyasi va  fiziologiyasi  o‘qituvchisi  ixtisosligini olgan.
  N. Qoriyev yosh mutaxassis  sifatida  jismoniy  tarbiya  va sport kafedrasiga  ishga qoldirildi.  1963 - 1965  yillari  biologiya  fakultetini  sirtdan  tamomlab, biologiya o‘qituvchisi  mutaxassisligiga ega bo‘ldi. 
  1965 - 1970 yillari Farg‘ona  davlat pedagogika  instituti biologiya fakulteti  qoshidagi  odam  anatomiyasi   va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasida  o‘qituvchi,  katta o‘qituvchi lavozimida  faoliyat ko‘rsatdi. 1970 - 1973  yillari  sobiq  Ittifoq  FA  Fiziologiya  institutining  nafas  olish  laboratoriyasida aspiranturada tahsil oldi.
  1973 yil meditsina fanlari doktori, professor  I. S. Breslav  ilmiy rahbarligida “O  proizvoloniem  upravlenie  diyxaniem cheloveka” mavzusi bo‘yicha biologiya  fanlari  nomzodi  ilmiy  unvoni uchun  dissertatsiya  himoya qilgan. Aspiranturani  tamomlagandan  so‘ng, yo‘llanma bilan  Tojikiston  Respublikasi  Dushanbe  davlat  jismoniy   madaniyat  institutiga  ishga yuborildi. U yerda katta  o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri  va dekanlik  lavozimida 1974 - 1993 yillari  faol mehnat qilgan.
  1993 yildan o‘zi  tug‘ilib o‘sgan  Marg‘ilon   shahriga keladi va shu yildan to   1999 yil, yanni  nafaqaga  chiqqunga qadar  Farg‘ona davlat universiteti biologiya  fakultetining fiziologiya  kafedrasida  dotsentlik lavozimida “Odam fiziologiyasi”  va ”Sport fiziologiyasi” fanlaridan  talabalarga maruza  va  amaliy mashg‘ulotlar olib borgan.
  N. Qoriyev respublika va MDH  miqyosidagi  ilmiy - amaliy  anjumanlarda faod  ishtirok etib,  40 dan ortiq ilmiy maqolalar , 5 ta o‘quv qo‘llanma  chop etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5